3D studio max dasturida uch o’lchovli modellashtirishning amaliy asoslari.
Dizaynerlik faoliyatining to‘rtta asosiy turlari.
Bugungi kun talablari va zamonaviy sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda, “3D modellashtirish va raqamli animatsiya” fani ko‘pgina sohalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu sohalardagi jarayonlarning kechishini bevosita uch o‘lchovli modellarni qurish va ularni animatsiya ko‘rinishida kuzatuvchilarga taqdim etishlar sababli unga bo‘lgan talab tobora o‘shib borayotganligini kuzatish mumkin. Ma’lumki, axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi.
3D modellashtirish asoslari Dizayn tushunchasi, turlari va zamonaviy jamiyatda uning o‘rni “Dizayn” tushunchasi italyancha “disegno” so‘zidan olingan bo‘lib, dastlab uni turlicha loyihalar va rasmlar sifatida tushunishgan. Kasbiy faoliyat sifatida dizayn XIX asr oxirlarida shakllana boshlagan. Sanoat taraqqiyoti va ilmiy-texnik yutuqlar yuqori sur’atlarda turlicha mahsulotlarni yaratishga zamin yaratdi va raqobat muhitining shakllanishiga olib keldi. Natijada, obyektlarning nafaqat tashqi ko‘rinishini jozibali qilib yaratish, balki texnologik ishlab chiqarishda qismlarga bo‘lish va ular ustida ishlashga qodir bo‘lgan mutaxassislarga talab ortdi.