Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston san'at muzeyi Qoraqalpog’istonning eng jozibali joyi hisoblanadi



Yüklə 14,9 Kb.
tarix08.04.2023
ölçüsü14,9 Kb.
#94890
Savitskiy nomidagi Qoraqalpog


Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston san'at muzeyi Qoraqalpog’istonning eng jozibali joyi hisoblanadi. U Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasining tarkibida Qoraqalpoqistonga ilk bor kelgan, uning asoschisi va birinchi direktori - I.V. Savitskiy nomi bilan atalgan.
Xalq-amaliy san’ati buyumlarini to’plagan Savitskiy, butun umrga Qoraqalpog’istonga “oshiq” bo’lib qoldi. Uning tashabbusi bilan 1966-yilda San’at muzeyi tashkil etilib, ushbu muzeyga Savitskiy umrining ohirigacha yangi durdona asarlarni izlagan va topgan. Savistskiy, vafotidan so’ng, 2002-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezideni I.Karimov tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Muzey Nukus shahrining markazida joylashgan. Uning kolleksiyasida yuz mingga yaqin eksponat mavjud. Ko’rgazmalar uchta asosiy bo’limlar: tasviriy, Qoraqalpog’iston xalq-amaliy san’ati va Qadimgi Xorazm san’atidan iborat. Muzeyda 10000ga yaqin XIX-XX asrlarga tegishli xalq-amaliy san’ati buyumlari saqlanadi. Bular: uy ro’zg’or buyumlari, gilam mahsulotlari, ot anjomlari, yog’och mahsulotlari, milliy kiyimlar va zargarlik buyumalari, shuningdek, qoraqalpoqlarning mashhur milliy bosh kiyimlari (tobelik va saukele)lardir. Bundan tashqari, muzeyda qoraqalpoqlar, o’zbeklar, qozoqlar, turkmanlarning zargarlik buyumlari keng namoyish etilgan.
15000 dan ortiq arxeologik to’plam Qoraqalpog’iston madaniyati tarixining asosiy bosqichlari: Bronza davri va qadimiy davlatlarning vujudga kelishidan boshlab (ularning orasida eng taniqlisi Qadimiy Xorazm), O’rta asrlarning boshlari va Xorazm Temuriylar Imperiyasi tarkibiga kirgan XIV asrning ohirlarigacha bo’lgan davrni o’zida aks ettiradi. Ushbu to’plam o’z ichiga: spool, alebaster, tosh, suyak, yog’och, teri va matodan tayyorlangan badiiy va uy ro’zg’or buyumlarini o’z ichiga oladi.
Muzeydagi eng qadimiy eksponat qoyaga o’yib yozilgan rasmlarning namunasi-Bukantau tog’ tizmasining qoyatoshi bo’lagidagi ikki o’rkachli tuyaning tasviri (mil.av.II asr) hisoblanadi. Arxeologik to’plamdagi eng birinchi terakotta namunasi miloddan avvalgi V asrga tegishli hisoblanadi. U ko’ylagi tovonigacha tushgan, usti yopinchiq bilan o’ralgan tiara-sifat bosh kiyim kiygan, o’tirgan ayolni tasvirlaydi. Yana bir VII-VIII asrlarga oid Tuya-Muyun oti haykali ham diqqatga sazovor.
Tasviriy san’at namunalari, orasida XX asrda ijod qilgan Turkiston va Rossiya avangard ijodkorlari bo’lgan minglab asarlarni o’z ichiga oladi. Shu jumladan, bu bunday ijodkorlar qatoriga: L. Popova, A. Shevchenko, A. Nikolaev (Usto Mumin), V. Lisenko, G. Nikitin, R. Falk, V. Pestel, M. Le Dantu, R. Mazel, A. Volkov, P. Benkov, M. Kurzin, N. Karahan, E. Korovay, U. Tansikbaev va boshqalarning ijod namunalarini keltirish mumkin. Muzeyning ana shunday noyob to’plamga ega bo’lishi dunyo hamjamiyatining keng qiziqishlariga sabab bo’ldi. 
G.NIkitinning “Alisher Navoiy Portreti” asari qiziqarli tarixga ega. Rassomning vafotidan so’ng, bu asar deyarli yo’qolib ketish bo’sag’asida bo’lgan. Savitskiy rassomning bevasidan ushbu asarni unga berishini o’tinib so’ragan hamda asarni Moskvalik restavratorlarga qayta tiklash uchun topshirgan.
Rasmlar to’plamida, shuningdek, mahalliy rassomlar: K. Saipov, K. Berdimuratov and J. Kuttimuratovlarning ham ishlari o’rin olgan. I.V.Savitskiyning o’zining asarlari to'plami muzey uchun katta ahamiyatga ega.
Muzeyning kutubxonasi: tarix, etnografiya, arxeologiya, san’at tarixi, shuningdek, turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarni o’z ichiga olgan 10,000ga yaqin ilmiy adabiyotlardan iborat.
Muzey va uning to’plamlari Qoraqalpog’istonning darhaqiqat “marvaridi” hisoblanadi. Bejizga muzey, “dunyoning eng ajoyib muzeylaridan biri” (Gardian nashri) va “Albatta boorish lozim bo’lgan joy” (Nyu York Tayms jurnali) deb e’tirof etilmagan.
Yüklə 14,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin