Dizaynerlik ta’limi bo‘yicha 1964 yilda halqaro seminarda tashkil qilingan ta’rif: “Dizayn – bu ijodiy faoliyat, uning maqsadi sanoat mahsulotlarining formal sifatini aniqlash hisoblanadi. Bu sifat mahsulotning tashqi tuzilishini o‘z ichiga oladi, ammo eng muhimi iste’molchi nuqtai nazarida bo‘lgani kabi, xuddi shunday ishlab chiqaruvchi qarashida ham mahsulotni yagona butunlikga aylantiradigan tuzilmaviy va funksional bog‘liqlikdir”. Dizayn – inson uchun turar joy, ishlab chiqarish va boshqa predmet muhitlarini shinam tashkil qilish maqsadida yuqori talab va estetik sifatlar bilan sanoat mahsulotlariga ishlov berish bo‘yicha loyihaviy-badiiy faoliyat hisoblanadi. Dizaynning nazariy bazasi texnik estetika hisoblanadi – sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va ishlab chiqarish bilan bog‘liq badiiy ijod sohasi.

Dizayn turlari Dizaynerlik faoliyatining to‘rtta asosiy turi mavjud:
1. Grafik dizayn – turli xil vizual-axborotli mahsulot yaratish. Asosan, reklama materiallari (plakatlar, bukletlar, kalendarlar, reklamali videolavhalar va b.)ni yaratishda qo‘llaniladi.
2. Sanoat dizayni – sanoat ishlab chiqarish mahsulotlarini loyihalash va yaratish. Loyihalash jarayonida mahsulotning tashqi ko‘rinishi, uning tuzilmaviy va funksional xususiyatlari hisobga olinadi.
3. Landshaft dizayni – bog‘lashtirilgan parklarni o‘tkazish, shuningdek, turlicha kichik arxitekturaviy shakllar (yorgorliklar, favvoralar va b.)ni tashkil etish va yaratish.
4. Ichki (interer) dizayn – shinam turar joy va ish o‘rnini yaratish. Dizaynga xos loyihalash jarayoni Dizaynerlik faoliyatining boshlanishida mahsulotlarni loyihalash bilan alohida shaxslar yoki kichik guruhlardagi kishilar shug‘ullanishgan. Vaqt o‘tishi bilan vaziyat o‘zgardi, o‘zining dizaynerlar jamoasiga ega bo‘lgan yirik kompaniyalar yuzaga keldi (masalan: avtomobilsozlik sanoatida “General Motors” va boshqalar, kompyuter sanoati “Microsoft Windows”, “Apple” va b.).