20-Ma’ruza: Funksional elektronika rivojlanishinining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#130355
  1   2   3   4
20 Ma\'ruza



20-Ma’ruza: Funksional elektronika rivojlanishinining
asosiy yo’nalishlari 
IMSlarda komponentli tuzilishdan chetlashish va dinamik bir jinslikmaslilardan 
foydalanishga asoslangan yo’nalish – “funksional elektronika" nomini oldi. Funksional 
elektronika (FE) rivojlanishining boshlang’ich bosqichida turibdi. FEning ko’p qurilmalari 
mikroelektronikaning raqamli qurilmalari bilan ishlashga moslashgan. Ular birinchi 
navbatda yuqori tezkorlik va 10 ^ 10 bit sig’imga ega xotira qurilmalaridir. 
Funksional elektronikaning eng istiqbolli ba’zi asboblari ishlash prinsiplarini ko’rib 
chiqamiz. 
Zaryad aloqali asbob (ZAA) (20.1 - rasm) yupqa dielektrik qatlam D 
bilan qoplangan va yuzasiga 12 ta boshqaruvchi metal elektrodlar tizimi joylashtirilgan 
yarimo’tkazgich kristaldan (masalan r - turli) iborat. 
Shunday qilib 12 ta MDYA - tizim hosil qilinadi. Tizimlar soni N 
elementlar orasidagi masofaga, yozuvchi impuls davomiyligiga bog’liq bo’ladi va N = 200 
ga yetishi mumkin. Har bir elektrod kengligi 10 ^ 12 mkm ni, ular orasidagi masofa esa 2 
^ 4 mkm ni tashkil etishi mumkin. 
20.1-rasm. ZAA turkumidagi uch fazali siljituvchiregistr tizimida zaryad 
ko’chishi. 
Barcha elektrodlarga bo’sag’aviy kuchlanish U
0
berilganda dielektrik bilan 
yarimo’tkazgich orasida kambag’allashgan soha hosil bo’ladi, bu soha potensial chuqur 
deb ataladi. Alohida elektroddagi kuchlanish qiymati axborotni saqlash kuchlanishi и
SAQ
 

U
0
gacha o’zgartirilganda, ushbu elektrod ostidagi kambag’allashgan soha 
yarimo’tkazgichning boshqa yuzalariga qaraganda "chuqurroq" bo’ladi. Potensial 
chuqurda elektronlarni (paketini) to’plash mumkin. Demak, MDYA - tuzilma ma’lum 
vaqtgacha potensial chuqurdagi zaryadga mos axborotni eslab qoluvchi element sifatida 
xizmat qilishi mumkin. Elektron paket dinamik bir jinslikmaslikni tashkil etadi. Elektron 
paketni saqlash jarayonida ma’lum elektrod (zatvor) ostida 


termogeneratsiya hisobiga qo’shimcha elektronlar hosil bo’lishi mumkin. Agar zaryad 
o’zgarishining ruxsat etilgan qiymati 1 % ni tashkil etsa, axborotni saqlash vaqti esa bir 
necha sekunddan oshmaydi. Shuning uchun ZAA dinamik turdagi asbobdir. Birlamchi 
to’plangan va ma’lum aniq potensial chuqur bilan bog’liq zaryadlar, yarimo’tkazgich sirti 
bo’ylab potensial chuqur siljitilgan holda ko’chirilishi mumkin. Buning uchun 
zatvorlardagi kuchlanishlar aniq ketma - ketlikda o’zgartirilishi mumkin. 
Zaryadni ma’lum yo’nalishda ko’chirish uchun har bir elektrod uch fazali 
boshqarish tizimining Ф^, Ф
2
, Ф
3
 takt shinalaridan biriga ulanadi. Demak, ZAAning bir 
elementi uchta MDYA - tuzilmali yacheykadan iborat bo’ladi. Agar ZAA qo’shni 
elektrodlariga berilgan kuchlanishlar qiymat jihatdan bir-biridan farq qilsa, qo’shni 
potensial chuqurlar orasida elektr maydon hosil bo’ladi. Ushbu maydon yo’nalishi 
shunday-ki, elektronlar kattaroq potensialga ega sohaga dreyf harakat qiladi, ya’ni 
"sayozroq" potensial chuqurdan nisbatan "chuqurroq"qa ko’chadi. 
Agar zaryad birinchi elektrod ostida to’plangan bo’lsa-yu, uni ikkinchi elektrod 
ostiga siljitish zarur bo’lsa, unga kattaroq kuchlanish beriladi, bunda zaryad yuqoriroq 
kuchlanishli elektrod ostiga ko’chadi. Keyingi taktda yuqoriroq kuchlanish navbatdagi 
elektrodga beriladi va zaryad unga ko’chadi. Zaryad ko’chirishning uch taktli tizimida 
1,4,7,10 va shunga o’xshash elektrodlar F\ shinaga, 2,5,8,11 elektrodlar F
2
shinaga, 
3,6,9,12 va shunga o’xshash elektrodlar esa F
3
 shinaga ulanadi. 
Zaryadlarning elektrodlararo sirkulyatsiyasi barcha ZAAlar qo’llanishlarning asosi 
hisoblanadi. Zaryadlarni ko’chirish imkoniyati ZAAlar asosida siljituvchi registrlar va 
xotira qurilmalar yaratish imkonini beradi. Registr deb ikkilik kod asosida berilgan ko’p 
razryadli axborotni yozish, saqlash yoki siljitish uchun qo’llaniladigan qurilmaga aytiladi. 
Signalning zaryad paketlarini bir necha usullar bilan, masalan, р - n o’tishdan zaryad 
tashuvchilarni metal elektrodlar ostiga injeksiyalash, MDYA - turdagi tuzilmada yuza 
bo’ylab ko’chkisimon teshilish yoki metal elektrodlar orasidagi aniq joylar orqali yorug’lik 
kiritib elektron -kovak juftliklarni generatsiyalash bilan hosil qilish mumkin. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin