20-Ma’ruza: Funksional elektronika rivojlanishinining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#130355
1   2   3   4
20 Ma\'ruza

Akustoelektronika asboblari. Akustoelektron asboblarning ishlashi elektr signalni 
ultratovush to’lqinlarga, uni tovush o’tkazuvchi orqali tarqalishiga va keyinchalik chiqish 
elektr signalga o’zgartirilishiga asoslanadi. 
Shunday qilib, bunday asboblarda kirish bilan chiqish orasida axborot tashuvchi 
bo’lib ultratovush (akustik) signal deb ataluvchi dinamik bir jinslimaslik xizmat qiladi. U 
10 Gs chastotali tebranishlardan iborat bo’lib, qattiq jismda 1,5 ^ 5,5 km/s tovush tezligida 
tarqaladi. Akustik to’lqin tezligi elektromagnit tebranishlar tarqalish tezligiga nisbatan 5 
tartibga kichikligi ko’rinib turibdi. Shuning uchun ushbu xususiyatdan birinchi navbatda 
kichik o’lchamli kechiktirish liniyalarini ishlab chiqishda foydalanildi.


Akustoelektron asboblar mikroelektronikada qo’llaniladigan usullar bilan hosil 
qilinishi va IMSlarga o’xshashligi bilan e’tiborga loyiq. 
Ultratovush to’lqinlar 
pyezoaktiv materiallarda 
(pyezoelektriklarda) hosil qilinishi mumkin. Shuning uchun ushbu sinf asboblar uchun 
ishchi muhit sifatida pyezoeffekt juda yaqqol naomyon bo’ladigan dielektrik va 
yarimo’tkazgich kristallar xizmat qiladi. To’g’ri pyezoeffekt деб mexanik kuchlanish 
natijasida pyezoelektrikning qutblanish hodisasiga aytiladi (20.2, а - rasm). Qutblanish 
natijasida pyezoelektrikning qarama - qarshi tomonlarida pyezo - EYK deb ataluvchi 
potensiallar farqi hosil bo’ladi. Teskari pyezoeffekt deb berilgan tashqi kuchlanish ta’sirida 
jismning geometrik o’lchamlari o’zgarishiga aytiladi (20.2, b - rasm). Rasmda jismning 
deformatsiyadan keyingi o’lchamlari punktir chiziq bilan ko’rsatilgan. 
20.2-rasm. Tog’ri (a) va teskari (b) p’ezoeffekt 
Kuchlanish berilgan joyda elektr maydon kuchlanganligi yo’nalishiga bog’liq xolda 
pyezoelektrik siqiladi yoki kengayadi. Natijada, tovush o’tkazuvchi deb ataladigan, kristal 
plastinada ko’ndalang yoki bo’ylama akustik ultratovush chastotasi berilgan kuchlanish 
chastotasiga teng bo’ladi. Pyezoelektrik ma’lum xususiy mexanik tebranishlar chastotasiga 
ega bo’lgani sababli, tashqi EYK chastotasi bilan plastina xususiy tebranishlar chastotasi 
bir - biriga teng bo’lganda (rezonans hodisasi) plastinaning tebranishlari amplitudasi eng 
katta qiymatga ega bo’ladi. 
Akustoelektronika asboblarida chastotasi 1 ^ 10 GGS bo’lgan, kvars, litiy ниобити 
va tantalati hamda CdS, ZnS, ZnO, GaAs, InSb va boshqa yupqa yarimo’tkazgich 
qatlamlarda generatsiyalanadigan ultratovush to’lqinlar ishlatiladi. Ushbu diapazondagi 
hajmiy va sirt akustik to’lqinlar (SAT) ishlatiladi. SATlarda ishlaydigan akustoelektron 
asboblar keng tarqalgan. Ularga kechiktirish liniyalari, polosali filtrlar, rezonatorlar, turli 
datchiklar va shunga o’xshashlar kiradi. Bu asboblarda elektr signallarni akustik signalga 
va aksincha o’zgartirish maxsus o’zgartirgichlar yordamida amalga oshadi. SATlar 
o’zgartgichlarining yetti turi mavjud bo’lib, amalda ikki metal elektrodlari sinfaz va 
qoziqsimon joylashgan turlari keng tarqalgan. 


SATli filtrlar ko’p kanalli elektr aloqa va kosmik aloqa tizimlari filtrlari sifatida 
keng ishlatiladi. Ular televizion qabulqilgichlarning tasvir orqali chastota kuchaytirgich 
bloklarida LC -filtrlarni almashtirmoqda. Hozirgi vaqtda tasvirni tashish chastotasi 38 va 
38,9 MGs ni tashkil etuvchi SATli televizion filtrlar seriyali ravishda ishlab chiqarilmoqda. 
Zamonaviy SATli filtrlar А /=0,05-50 % o’tkazish polosasiga ega, o’tkazish 
polosasidagi so’nish 2 ^ 6 dB, selektivligi 100 dB gacha. Bunday filtrlar 900 MGs gacha 
chastotalarda ishlaydi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin