20-mavzu: Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik



Yüklə 20,68 Kb.
səhifə2/4
tarix22.05.2023
ölçüsü20,68 Kb.
#119206
1   2   3   4
20-mavzu Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik

Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materialllari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag’batlantirish.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek «...kichik, o’rta va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda uning aholi farovonligi va daromadlari ortishida, ishsizlik muammosini echishda ham muhim omilga aylanishiga erishmog’imiz lozim»1.
Respublikada bu sohada ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida hozirgi kunda xususiy tadbirkorlar soni 3,5 mln. dan ortiq kishini tashkil qiladi. Ish bilan band bo’lganlarning umumiy sonida kichik va o’rta biznesda mashg’ul bo’lganlar ulushi 46,7%ga teng bo’lib, ularning 1,8 foizi o’rta, 5,8 foizi kichik va 39,1 foizi xususiy korxonalar hissasiga to’g’ri kelgan. 2002 yilda Respublikada o’rta va mayda biznes korxonalari yalpi ichki mahsulotning 34,6 va sanoat mahsulotlari hajmining 14,1 foizini ishlab chiqargan. Ularning ulushi qurilish ishlarida 37,0% ni, chakana savdo aylanmasida 45,9% ni va aholiga pulli xizmat ko’rsatishda 37,9% ni tashkil qilgan.
Respublikada davlat tomonidan kichik va o’rta biznesni rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2005 yilgacha bo’lgan davr davomida qo’shimcha 1215 ming kishini ish faoliyatiga jalb qilish ko’zda tutilgan.
Agar 1999 yilda kichik va o’rta biznesda band bo’lganlar sonining 5,2% ortishi aholi real daromadlari qo’shimcha o’sishining 1/5 qismidan ko’prog’ini (23,2%) ta’minlagan bo’lsa, 2005 yilda bu sohada band bo’lganlar sonini 1,2 mln. kishiga oshirish, ular daromadlaridagi qo’shimcha o’sishning teng yarmini berishi mumkin.
Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy- maishiy xizmat va qurilish bo’yicha xizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Respublikada 2002 yilda aholiga pullik xizmat ko’rsatish hajmi 709,3 mlrd. so’mni tashkil qildi. Uning 39,3 foizi davlat va 60,7 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxonalar tomonidan amalga oshirildi. Xususiy korxonalar ulushiga ko’rsatilgan xizmatlarning 36,1 foizi to’g’ri keladi.
Qishloq joylarda aholiga ko’rsatilgan pullik xizmatlarning salmog’i 21,0 foizga teng bo’lib, ularning deyarli 85,0 foizi uy-joy va kommunal xo’jaligi, yo’lovchi transporti va maishiy xizmat sohalariga to’g’ri keladi.

Yüklə 20,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin