20-Mavzu: Pulning Xalqaro Munosabatlardagi Xarakati reja



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə1/15
tarix15.04.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#98615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
20-mavzu. Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakati Buxgalteriya va audit yo\'nalishi 121 guruh talabasi Esanov Anvar


20-Mavzu: Pulning Xalqaro Munosabatlardagi Xarakati
REJA:
20.1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar.
20.2.Valyuta kategoriyasi tushunchasi
20.3.Valyutalarning turlari
20.4.Valyuta kursi va unga ta‘sir etuvchi omillar
20.5. Savdo balansi, to‘lov balansi va ularning holati
Tayanch iboralar : (Valyuta Kategoriyasi, valyuta kursi, Savdo balansi, to’lov balansi, Jahon valyuta tizimi, Milliy valyuta, oltin bozorlari, Xalqaro zahira aktivlari, Zahira valyutalari, Valyuta konvertatsiyasi, Xizmatlar balansi, Hisob-kitob balansi, ISO kod)
20.1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar.

Kirish
Kapitalning xalqaro harakati - bukapitalning chet elda joylashtirilishi ` va faoliyat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo`li bilan harakati ko`pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi.
- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar,
patentlar, nau-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo`lishi mumkin.
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida.
Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo`yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to`g`ridan-to`g`ri va portfeli investitsiyalardan iborat bo`ladi. To`g`ridan- to`g`ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’ekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar shaklida beriladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o`z ifodasini mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko`chib o`tishida topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa xarakterdagi omillar ham taqozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o`z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya-mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya-mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi.

Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin