20.4 Valyuta kursi va unga ta‘sir etuvchi omillar Valyuta kursining xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi o‘rni haqida so‘z yuritilishidan uning mazmunini aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir: valyuta kursi (inglizcha, «rate of exchange») – mavjud bo‘lgan milliy valyuta pul birligining boshqa biror xorijiy davlat valyuta pul birligida aks etgan qiymatiga aytiladi.
To’lov balansi – xalqaro operatsiyalarning balans hisobvarag’i bo’lib, bunda davlatning tovarlar, xizmatlar, kapitallarni olib kirish hamda olib chiqish ko’rsatkichlarining nisbati ko’rinishidagi barcha xalqaro aloqalari majmui pulda ifodalanadi. To’lov balansi – bu mamlakatning turli tashqi iqtisodiy munosabatlar bo’yicha chetga to’laydigan valyuta va chetdan kelib tushadigan valyutalarning xaqiqiy nisbatini o’zida ifodalovchi, jamlovchi balans xujjatidir.
Savdo balansi tovarlar eksporti va importi ko’rsatkichlaridan tashkil etadi.
Xizmatlar balansi o’z ichiga transportli tashuvlar, sug’urta, elektron, telekosmik, telegraf, telefon, pochta va boshqa aloqa turlari bo’yicha, xalqaro turizm, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish malakasining almashinuvi, ekspert xizmatlari, diplomatik, savdo va boshqa vakolatxonalarni xorijda saqlash xarajatlari, ma‘lumotlar uzatish, madaniy va ilmiy almashinuvlar, turli komission yig’imlar, reklama, yarmarkalar hamda boshqalar bo’yicha to’lov va tushumlarni oladi.
20.5.Savdo balansi, to‘lov balansi va ularning holati
To’lov balansi – xalqaro operatsiyalarning balans hisobvarag’i
bo’lib,bunda davlatning tovarlar, xizmatlar, kapitallarni olib kirish hamda
olib chiqish ko’rsatkichlarining nisbati ko’rinishidagi barcha xalqaro aloqalari majmui pulda ifodalanadi.
To’lov balansi–bu mamlakatning turli tashqi iqtisodiy munosabatlar bo’yicha chetga to’laydigan valyuta va chetdan kelib tushadigan valyutalarning xaqiqiy nisbatini o’zida ifodalovchi, jamlovchi balans xujjatidir.
To’lov balansi-xalqaro operatsiyalarning balans xisob varag’i, ya‘ni bu-davlatning tovarlar, xizmatlar, kapitallarni olib kirish hamda olib chiqish ko’rsatkichlarining nisbati ko’rinishidagi barcha xalqaro aloqalari majmuining valyutadagi ifodasi.
Buxgalteriya nuqtai nazaridan, to’lov balansi doimo tenglashgan ko’rinishda bo’lishi lozim. Ammo, haqiqatda esa,uning asosiy elementlari, bo’limlari bo’yicha tushumlar to’lovlardan ortiq—aktiv qoldik;
to’lovlarning tushumlardan ortiq bo’lishi — passiv qoldiq xolatlar ko’proq yuzaga chiqadi. Shu sababli ham, to’lov balansini tuzish hamda qoldiqlarni aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
To’lov balansi quyidagi asosiy bo’limlardan tashkil topgan:
Savdo balansi, ya‘ni tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi o’rtasidagi nisbat;