20-Variant Platonning ijtimoiy axloqiy konseptsiyasi ta`limot sifatida


Axloqiy relativizm va uni baholash



Yüklə 45,75 Kb.
səhifə3/7
tarix19.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#117093
1   2   3   4   5   6   7
20,21,22

3.Axloqiy relativizm va uni baholash.
Axloqiy relyativizm Falsafiy atama. Axloqiy g‘oya va tushunchalarning faqat nisbiy, shartli xarakterga ega ekanligini bayon qilishga asoslangan axloqni talqin qilish tamoyili. RELYATIVIZM (lot. relativus — nisbiy) — bilimning nisbiyligi, shartliligi, subyektivligini eʼtirof etuvchi, mutlaq axloq meʼyorlari va qoidalarini inkor etuvchi falsafiy qarash. Bilishda koʻpincha agnostitsizmga olib boradi. Relyativizmni birinchi marta yunon faylasufi, sofist Gorgiy (Horgiy) (mil. av. taxm, 483—375) bayon etib, barcha bilimlarning nisbiyligini taʼkidlagan. Relyativistlar bilimlarni uzluksiz davom etib va oʻzgarib borishini asos qilib olib, ularni haqiqiy emas deb isbotlamoqchi boʻladilar, bu bilan bilimlarning obyektivligini umuman inkor etadilar. Bilimlarimiz voqelikni asosan toʻgʻri aks ettiradi, lekin birdaniga, toʻla aks ettirmaydigan nisbiy haqiqatlardan soʻng boyitilgan va konkretlashtirilgan bilim — obyektiv haqiqatning toʻla va tugal shakli boʻlgan mutlaq haqiqat tomon boradi. Mutlaq haqiqatni esa qotib qolgan, oʻzgarmaydigan bilim deb, nisbiy bilimni faqat nisbiy deb tushunmaslik lozim. Mutlaq haqiqatda nisbiy haqiqatning zarralari boʻladi. Mas, fanda bir nazariya oʻrniga ikkinchisi kelganda, eskisi butunlay uloqtirib tashlanmaydi, undagi ijobiy, toʻgʻri tomonlari rivojlantiriladi. Ilmiy nazariyalarning almashinishi uzluksiz taraqqiyotining natijasi ekanligini bildiradi. U shuningdek, epistemologik relyativizm deb ham ataladi, chunki uning asosiy g'oyasi dunyo haqida universal haqiqatlar yo'qligi, uni izohlashning turli xil usullari mavjudligidir.
Axloqiy nisbiylikning xususiyatlari
Axloqiy jihatdan to'g'ri va noto'g'ri deb qaraladigan narsa har bir jamiyatda turlicha, shuning uchun umuman axloqiy me'yorlar mavjud emas.
Shaxsning muayyan tarzda harakat qilishi to`g`ri yoki noto`g`ri bo`lishi, u mansub bo`lgan jamiyatga bog`liq .
Barcha odamlarga, hamma joyda va doimo amal qiladigan mutlaq yoki ob'ektiv axloqiy me'yorlar mavjud emas.
Axloqiy nisbiylik, atrof-muhit omillari va e'tiqodlaridagi farqlardan tashqari, jamiyatlar o'rtasida asosiy kelishmovchiliklar mavjudligini ta'kidlaydi. Bir ma'noda, biz hammamiz tubdan farq qiluvchi olamlarda yashaymiz.


Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin