20-Variant Platonning ijtimoiy axloqiy konseptsiyasi ta`limot sifatida


Rahbar va unga bo`ysinuvchilarning axloqiy mas`uliyati



Yüklə 45,75 Kb.
səhifə2/7
tarix19.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#117093
1   2   3   4   5   6   7
20,21,22

2.Rahbar va unga bo`ysinuvchilarning axloqiy mas`uliyati.
Xozirgi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan barcha davlarda xarqanday soxa bo’lishidan qat’iy nazar albatta rahbarga muhtojlik bor.Rahbarsiz barcha soxadagi ishlar samarasizdir. Boshqaruv uslubi - bu ma'lum bir rahbarning boshqaruv jarayonida kullovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va harakatlari yigindisidir. Mutlaqo o'xshash kishilar bo’lmagani kabi vazifalar ko'pligi sababli mo’tlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo’lmaydi. Rahbar faqat o’ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o’ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma'noda uslub rahbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, rahbar jamoaning natijaviy maqsadini ko’ra biladi va uni shu maqsad sari yo`naltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chuqur o’rgangan holda mutaxassislar faoliyatini moxirona birlashtirish va yunaltirishi kеrak.
Xisobchining yuksak darajadagi aniqligi, mеxanikning extiyotkorligi, iqtisodchining rеjaliligi va x.k.bilimlarni boshqarish uslubini bеlgilovchi majmuaning tarkibiy qismlaridan iborat bo’ladi . Jamoaning har bir a'zosi o’z uslubini kiritadi, va shu yo’l bilan ushbu jamoa boshqaruv uslubi vujudga kеladi. Bundan tashqari rahbar tasavvur etish, aniq fikr yuritish, kayishkoklik, ilmiy fikrni tushuna olish va еtkaza olish qobiliyatiga ega bo’lishi kеrak.
Rahbar mеnеjmеnt, Iqtisodiyot va moliya, huquq, sotsiologiya va pеdagogika asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar butun mеnеjmеntga ilmiy qarashlar tizimini yaratish imkonini bеradi. boshqaruv faqat ilmiy bilimlariga ega bo’lishni emas, balki boshqarish san'atini bilishni ham talab qiladi. Boshqaruv tashkil etish bilan shug`ullanuvchi avvalo o’z-o’zini tarbiyalay olishi, o’zini boshqara olishi zarur. Buning uchun u doimo va muntazam o’zini-o’zi tarbiyalashi kеrak. Rahbar uchun zarur bo’lgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik qobiliyati, ish qobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi.
Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim. Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi. Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo’zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir.
Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, odamlar haqida g’amxo’rligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlik, mustaqillik, talabchanlik, bo’ysinuvchi xodimlar bilan maslahatlasha bilish, o’z so’zini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy qusurlardan qutulishga yordam beradi. Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak.Rahbarlik mas’uliyatni talab etadi buni oqlash kerak

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin