(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-avgustdagi 162-sonli qarorga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan) 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Toshkent shahri 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar DASTURI
№
Tadbir
Muddati
Mas’ullar
1.
“Toshkent — islom madaniyati poytaxti” risolasini o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va chop etish
2007-yil mart
Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi
2.
O‘zbekistonning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarida taqdimot va ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, folklor guruhlarining chiqishlari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosi va uning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish
Yil davomda
Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Do‘stlik jamiyatlari kengashi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyina” uyushmasi
3.
Toshkent shahridagi mashhur islom mutafakkirlari — Shayx Zayniddin, Shayx Xovand Tohur, Qaffol Shoshiy, Xoja Alambardor, Yunusxon, Baroqxon, Zangiota me’moriy obidalari asosida ziyoratchilar uchun sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish
2007-yil mart
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi