Ma’lumotnomasi



Yüklə 2,16 Mb.
tarix16.12.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#181660
Tasdiqlayma1


Tasdiqlayman
Maktab direktori N.Artiqov

Angor tuman 11-maktabda o’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Huquqini bilgan inson kam bo’lmas” mavzusida o’tkazilgan davra suhbatlari


MA’LUMOTNOMASI
9.03.2021
Qatnashdilar: 11-maktab direktori N.Artiqov MMIBDO` Q.Mamatqurbonov, yoshlar yetakchisi T.begimqulov ,huquq fani o’qituvchisi va 9 ”sinf o`quvchilari
Angor tuman 11-maktabda o’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Huquqini bilgan inson kam bo’lmas” mavzusida huquq fan o’qituvchisi Xolnazarova ishtirokida 9 sinf o’quvchilari o’rtasida davra suhbatlari o’tkazildi. Suhbat boshlanishida karantin qoidalari va kasallikdan himoyalanish targ’iboti amalga oshirildi.So’ng mutaxassis tomonidan har bir o’quvchiga o’zining huquqlarini anglashi va har bir shaxsning huquqlari, erkinliklari, majburiyatlari mavjudligi, ularga rioya etish, amalga oshirish va foydalanish imkoniyatlari haqida, barcha fuqarolar qonun oldida teng ekanliklari, O’zbekiston Respublikasi Konustutsiyasi, qonunlari va kodekslarida belgilab qo’yilganligi aytib o’tildi. Bundan tashqari yoshlarning bugungi kunda bepul ta’lim olish huquqidan unumli foydalanishlari, ularning ta’lim olishlariga to’sqinlik qilivchilar uchun ma’muriy javobgarlik jazolari mavjudligi ta’kidlab o’tildi. Har bir fuqaroning yaxshi yashash, dam olish, erkin fikrlash, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tibbiy xizmatdan foydalanish, mulkdor bo’lish, mehnat qilish kabi huquqlari ham suhbat jarayonida o’rganildi. Bundan tashqari o’quvchilar “Huquqbuzarlik profilaktikasi to’g’risidagi Qonun 2017 yil 7-mayda qabul qilingan. Ushbu qonun 7-bob, 371-moddadan iborat. 1-bob.Umumiy qoidalar, 1-moddadan 6-moddagacha, 2-bob. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar, ularning vakolatlari,7-moddadan 21-moddagacha, 3-bob. Huquqbuzarliklarlarning umumiy profilaktikasi, 22 moddadan 23 moddagacha, 4-bob. Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi, 24 moddadan 27 moddagacha, 5-bob.Huquqbuzarliklarning yakka tartibidagi profilaktikasi, 28 moddadan 42 moddagacha, 6-bob. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi, 43 moddadan 45 moddagacha 7-bob. Yakunlovchi qoidalar, 46 moddadan 51 moddagacha. Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari; Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat, shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o’rganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish ekanligini bilib olishdi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Yoshlar yetakchisi : T.Begimqulov

Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin