Bu bog’liqlikni, avvalo, ta’limni amalga oshish bosqichlarda ko’rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
Bu bog’liqlikni, avvalo, ta’limni amalga oshish bosqichlarda ko’rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
Birinchibosqich - o’quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o’quvchi talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o’zining bilish vazifalari nimalar iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi. Ikkinchibosqich - ular o’quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo’ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchibosqich - yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar o’qituvchining qo’shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi.
Ta’limdagi onglilik va faollik, o’quvchidagi ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi. O’qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat’iy bayon etilsa, o’kuvchi talabaning fikr yuritishi shunchalik aniq va ravshan bo’ladi va o’quv materiallarini ongli o’zlashtirish darajasi ham oshadi.

Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o’qituvchi o’kuvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Shunday ekan, ta’limning samaradorligi o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.