4.Ma‘naviy axloqiy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.
5.Ongli intizim va xulq madaniyatini tarbiyalash.
Ma‘navyat – inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy,axloqiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi. Ma‘naviyat atamasining asosida “ma‘ni” so‘zi yotadi. Ma‘lumki insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olami uning bo‘y-basti, ko‘rinishi, kiyinishi, hatta-harakatlari va b. kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari,, intilishlari his-tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Insonnning ana shu ichki olami ma‘naviyatidir. Ma‘naviya va axloq bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma‘lum xatti-harakat qoidalari yig‘indisidir.
Axloq odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlariga va shu kabilarga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘ladi.
Odob-odamning jamoat, el-yurt orsida o‘zini tutish, boshqalar bilan qay yo‘sin muomala qilish, o‘z turmushi, maishati va bo‘sh vaqtini qanday tashkil etishi, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakatlari qanday bo‘lishi lozim va ma‘qul ekanligi xususida bahs etadi. Aniqrog‘i, axloq kishining ichki olami, e‘tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa, odob shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlri tarzida namoyon bo‘ladi. Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini yaxshi o‘ylab, eng maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o‘z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya‘ni har qanday vaziyatda ana shu odatni namoyon qilishini taqozo qiladi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga asoslanib muayyan fikr yuritiladi.
Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolatga erishish yo‘lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo‘lgani kabi uning axloq-odobi ham juda murakkab olam, desak yanglishmaymiz.CHunki, shaxsning zohiriy va botiniy olamini, ayniqsa qalb olamini o‘rganish, bilish,tahlil etish g‘oyatda qiyin, bu ruhiyat bilan bog‘liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi xislatlari:mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolatu diyonat, hayo-yu iffat, vafo-yu sadoqat, himmatu sahovat, imon-e‘tiqod kabilar mujassam bo‘ladi. Ayni holda shu hislatlarning aksi-beburd, axloqsiz kimsalar fe‘lida ko‘rinadi.
Prezidentitmiz I.Karimov musaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab insonlar tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratdilar. Prezidentimiz ta‘lim tizimini isloh qilish masalalariga diqqat qaratib kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari belgilab berar ekanlar”O‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma‘naviyat va ma‘rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lish ruhida tarbilash” asosiy vazifalardan biri sifatida ko‘rsatdilar.
SHuningdek Prezidentimiz “O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida “Biron-bir jamiyat ma‘naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”- degan edi.