10
Mavzu: Texnologiya va uni o‗qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy
Ma‟lumki, tasavvuf ilmida komil insonni ruhan shakllantirish, kamolotga
yetkazish nazariyasi bosh masala hisoblanadi. Bu nazariyaga ko„ra
tasavvufdagi komil inson yoki «al-inson al-komil» tushunchasi ilohiylik va
insoniylik tajassumining mukammal va oliy darajasi, odamlarning butunlikda,
azim uyg„unlikda ko„rish orzu-xayollari, kamolot mash‟ali bo„lish barobarida
aniq shaxslar, insonlar rutbasini tan olish va qonunlashtirish hamdir. Chunki
komil inson barcha ilmlardan, zohiriy va botiniy donishdan bexabar, qalbida
g„ayb asrori jo„sh urib turgan zot deb bilingan. Mustaqillik barcha xalqlarning
rivojlanishi uchun sharoit tug„dirib beradi. Har bir xalqning odat va
marosimlarida xalq hayotini zamonaviy turmushiga uzluksiz singgan chuqur
xalqchil
va
ilg„or
elementlar
mavjuddir.
Xalqda
mehnatsevarlikni
shakllantirish uchun o„sib kelayotgan yosh avlod atrofida mustahkam va
turg„un mehnat muhitini hosil qilish zarur. Shuning uchun o„zini oqlagan ko„p
asrlik mehnat an‟analarini o„rganish va targ„ibod qilish kerak.
Mehnat an‟analarini o„rganish katta ahamiyat kasb etadi, chunki u kasb-hunar
tanlashda ilmiy asoslangan holda foydalanish uchun zamin yaratadi. Mehnat
an‟analari insonlarni mehnat malakalari va mehnat jarayonini ko„p marta
MEHNAT AN‘ANALARI
Mehnat tarbiyasi
sifatlari
Mehnat an‟anaviy
kasb-hunar turlari
Kasb-hunarga
qiziqishni tarbiyalash
shakllari, vositalari
Ota-Onalar, ilg‘or
mehnat faxriylari bilan
uchrashuvlar,
Ekskursiyalar, kasb-
hunarga doir
ko‘rgazmalar tayyorlash,
xalq og‘zaki ijodidan
foydalanish va hokazolar
Zardo’zlik,
Duradgorlik,
Kashtado’zlik,
Kulolchilik,
O’ymakorlik,
Dehqonchilik,
Chorvachilik,
Naqqoshlik,
Mehnatsevarlik,
Vatanparvarlik,
Chidamlilik,
Intizomlilik,
Aqllilik,
Qat’iyatlilik,
Rostgo’ylik,
Halollik,
Epchillik,
Xushmuomalalik
va
hokazo.
11
qaytarish natijasida shakllangan va odatga aylangan insonlarning o„ziga xos
axloqiy, psixologik sifatlar yig„indisidir. Ular jamiyat yoki jamoa mavjudligining
zaruriy sharoitlarini ifodalaydi, meros bo„lib o„tish xarakteriga ega, katta avlodlar
yetishgan tajribani saqlashga xizmat qiladi.
Mehnat an‟analariga ommaviylik xosdir, ular hayotiy bo„lib, xalq ommasi
kundalik ijodida mavjud. Ularda his - tuyg„ulik tomoni ham mavjud: ular sinfiy
kurash, mehnat ishtiyoqining yorqin romantikasi bilan ilhomlangan. Mehnat
an‟analarida mehnatkash sinfga xos bo„lgan, mehnatkash insonlarga, ishchi,
hunarmand kasbiga, mehnat yaratgan qadriyatlarga hurmat, ijod, bunyodkorlikka
ehtiyoj, o„zaro yordam, musobaqa va hokazolar ifodalangan.
O„zbek xalqi asrlar mobaynida o„zining iqtisodiy, geografik va ijtimoiy hayoti
xususiyatlari bilan bog„langan mehnat tarbiyasining mustahkam an‟analarini ijod
qilish bilan bir vaqtda avloddan - avlodga mehnat mahoratlarini shakllantirish
yo„llari va vositalari haqidagi bilimni uzatib borgan.
An‟analar juda qadim zamonlarda inson jamiyati bilan birga paydo bo„lgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida insonlar urug„dosh jamoalardagi munosabatlari
ularning birgalikdagi mehnati va hayoti, ularning tabiat kuchlari bilan umumiy
kurashi ma‟lum normalar va muomala qoidalari bilan chegaralangan. Bunda
yozilmagan norma va qoidalar tug„ilgan bo„lib, ular ko„p marta qaytarilib,
avloddan avlodga o„tgan va an‟analarga aylangan. Ba‟zi an‟analar hosil bo„ladi,
boshqalari yo„qoladi. Qadimgi an‟analar yangi turmush sharoitlariga moslashib
o„zgarib boradi.
Hozirgi yangi turmush sharoitida asrlar davomida o„z kuchini yo„qotmagan
ilg„or mehnat an‟analaridan kichik yoshdagi maktab o„quvchilarini kasb-hunarga
qiziqishini tarbiyalashda foydalanilmoqda. Bunga ko„ra o„qituvchidan bir qator
quyidagi ijtimoiy-pedagogik sifatlar talab etiladi:
1. Ochiq ko„ngillilik, xushmuomalalik, mehribonlik, bola qanday bo„lsa,
shundayligicha seva olish.
12
2. Bolaning
his-tuyg„ularini qadrlash, ruhiy holatini, ichki dunyosini
tushuna bilish.
3. Bolalarni
ruhlantirish, qiziqtirish, o„zini tuta bilish, kechirimli bo„lish,
shirinsuxanlik.
4. Ezgu sifatlari bilan namuna bo„la olish, oliyjanobligi, odamiyligi bilan
o„quvchilar idealiga aylanish.
5. So„z va ish birligi bilan bolalar talabiga javob bera olish, yoshlarda
shakllantirmoqchi bo„lgan ma‟naviy sifatlarning egasi bo„lish.
6. Muomala - munosabatda bola xohish-istagi, qiziqishi, yosh xususiyati,
ruhiyati bilan hisoblashish, bolalarning har birini alohida va hammasini
birgalikda tushunish.
7. Bolalardan har qanday yordamni ayamaslik, o„quvchilarning oilaviy
sharoiti, ijtimoiy ahvoli bilan tanishish;
8. O„quvchilarni diqqat bilan tinglay olish, yutug„idan quvonish, hayratlanish,
quvonchiga sheriklik.
9. Toza va ozoda kiyinish, jozibadorlik, sergaklik, topqirlik, kamtarlik,
pokizalik.
10. Adolatlilik, quvnoqlik, intizomlilik va axloqlilik kabi fazilatlar bolalar
muhabbatiga sazovor bo„lishning zarur omillaridir.
Xalqimiz azaldan mehnatni ulug„lagan. Mehnatsevarlik kishilarning eng
yaxshi fazilatlaridan biri deb hisoblangan. Kishilar halol mehnat qilib,
shuning evaziga topgan daromadlari hisobiga yashamoqlari va bolalarini
ta‟minlamoqlari lozim. «Peshona teri bilan topgan bir qora chaqa o„zgalarning
ehson etgan xazinalaridan yaxshiroqdur» - deb yozgan edi Alisher Navoiy.
Bir diram olmoq chekibon dastranj,
Yaxshiroq andinki, birov bersa ganj.
Shuning uchun ham, ulug„ ajdodlarimiz yoshlarni kasb-hunarni
egallamoqqa chaqirganlar. «Hunar - hunardan unar», «Hunari yo„q kishining
mazasi yo„q ishining», «Yigit kishiga yetmish hunar oz» kabi ezgu o„gitlar
xalq o„rtasida keng yoyilgan.
13
Shunday qilib, kichik yoshdagi maktab o„quvchilarning mehnat ta‟lim-
tarbiyasida kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda quyidagilarni hisobga olish
kerak:
a) mehnatkashlar o„z mehnatiga munosabati an‟analari - o„zining
kasbiga, xalqiga, topshirilgan vazifasiga davlat ehtiyojini o„ylab yondashish;
jamoa ehtyyojini o„z ehtiyojidan baland qo„yish;
b) o„quvchilar bir - biri bilan munosabatlarda, - do„stlik, o„rtoqlik,
o„zaro yordam va mehnatda to„g„ri munosabatda yondashish;
v)
yangi mehnat marosimlari, an‟analari - kasbiy bayramlarni tashkil
etish;
g) o„zbek xalq ijodi namunalaridan dars va darsdan tashqari vaqtlarda
unumli foydalanish.
An‟anaviy hunarmandchilikning tiklanishi, ularning aholi orasidagi
ommaviyligini oshirish, ularga bolalar e‟tiborini kuchaytirishga sharoit
tug„diradi. Shu bilan bir qatorda ba‟zi darsliklar va maktab dasturlarining
tahlili shuni ko„rsatadiki, maktab kursidagi mehnat tarbiyasi va uning
o„qitilishi, o„zining hayot yo„lini va kasb-hunar tanlash haqida o„ylayotgan
kichik
yoshdagi
maktab
o„quvchilari qiziqishini qanoatlantirmaydi.
Bizningcha, maktablarda, bog„cha-maktablarda bolalar oromgohlarida,
mahallalarda xalq ijodiy to„garaklari ochishga ko„proq e‟tibor berish
maqsadga muvofiqdir.
Savollar
1.Mehnat an‟analarini izohlab bering.
2.Mehnat tarbiyasi deganda nima tushunasiz?
3.Kasblarga tarif bering.
Dostları ilə paylaş: |