Kislorodli birikmalar (0,005-0,35% O) - neft mahsulot-larining yuqori fraksiyalarida(kerosindan boshlab) bo'ladi. Ularning miqdori 0,35% dan oshmaydi. Bu birikmalar asosan har xil kislotalar ko'rinishida bo'lib, ular detallarning korroziya-lanishini oshiradi va neftda smolali-asfalt moddalarning hosil bo'lishiga olib keladi.
Azotli birikmalar(0,001-1,8 % N) - neft mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda bo'lib, issiq detallarda qurum va lok paydo bo'lishini ko'paytiradi .
Oltingugurtli birikmalar - neft mahsulotlarining tarkibida ko'p miqdorda bo'lishi - detallarning korroziyalanishini oshiradi, ularning miqdori: benzinda - 0,15 -e- 0,2% dan; dizel yonilg'isida -0,2 - 0,4 dan oshmasligi kerak.
Yonilg'i tarkibidagi oltingugurt yonish jarayonida suv bilan birikib, kislotaga aylanadi va dvigatel detallarini yeyilishiga olib keladi. Dvigatel detallarining yeyilish tezligi yonilg'idagi oltingugurt miqdoriga bog'liq. Yonilg'i tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2% dan 0,5% gacha ko'payganda yeyilish miqdori 25-35% ga ortadi (1.1-rasm).
1.1-rasm. Yonilg'i tarkibidagi oltingugurt miqdorini porshen halqalari yeyilishiga ta'siri. Neftning qoldiq qismida 40^60 % gacha, ba'zan 70 % gacha smolasimon-asfalten moddalar uchraydi. Smolalar — qovushqoq, kam harakatchan suyuq yoki amorf holdagi qattiq moddalardir. Zichligi bir yoki undan yuqoriroq bo'ladi. Smolalar beqaror bo'lganligi sababli ular neft qoldiqlaridan ajratilishi jarayonida asfaltenlarga aylanib ketishi ham mumkin.
Smola va asfaltenlarga boy bo'lgan neftlar naften-aromatik yoki aromatik asosga ega bo'ladi, ayniqsa, bunday neftlar tarkibidagi smolasimon moddalar miqdori ba'zan 50 % gacha yetadi. Tarkibi metanga boy parafinli neftlarda smola kam bo'lib, miqdori 2-4 % gacha boradi. Bunday neft tarkibida asfalten deyarli uchramaydi.
1.3. Neft mahsulotlarining olinish usullari Kondan olingan neft qayta ishlash korxonasiga yuborilishidan oldin plast suvlari bilan mineral tuzlardan tozalanadi.
Quduqlardan chiqayotgan neft o'z tarkibida erigan gaz bilan birga har xil miqdorda qatlam suvi, mexanik moddalar (asosan qum zarrachalari) ni ham birga olib chiqadi. Shuning uchun neftni NQIZ ga jo'natishdan oldin erigan gaz, suv va mexanik moddalardan tozalash kerak. Gazni neftdan ajratib olish uchun gaz ajratgichlardan foydalaniladi. Gazni to'liqroq ajratib olish uchun ba'zan maxsus isitgichlardan ham foydalaniladi. Isitgichlardan o'tgan neftning harorati oshishi natijasida uning tarkibidagi erigan gaz hamda eng yengil uglevodorodlar ajralib chiqadi va ajratib olingan gaz gazni qayta ishlash zavodlariga (GQIZ) yoki to'g'ridan to'g'ri iste'molchiga jo'natilishi mumkin. Erigan gaz, suv va mexanik moddalardan tozalangan neft NQIZ larida qayta ishlash uchun qabul qilanadi.
Neftni qayta ishlashning fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud.