Izomer-parafin uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarning izomerlari hisoblanadi. Ular turli-tuman tarmoqlangan strukturalar hosil qiladi. Bitta oktanning kimyoviy formulasiga C8H18 izooktanlar deb ataluvchi 17 xil birikma javob beradi. Ularning tarkibidagi elementlar bir xil bo'lsa ham, ular turli xil tuzilishga ega (molekulalarda atomlar turlicha joylashadi). Shuning uchun ham ularning kimyoviy va fizikaviy xossalari har xildir.
Masalan: 17 ta izooktandan biri 2,2,4-trimetilpentan deb ataluvchi birikma quyidagicha tuzilishiga ega:
Izomer-parafin uglevodorodlar benzin tarkibida qancha ko'p bo'lsa, shuncha yonilg'i to'liq yonadi va benzinning detonastiyaga qarshilik ko'rsatish qobiliyati yuqori bo'ladi.
Dizel yonilg'isi tarkibida esa bu uglevodorodlar qiyin oksidlanishi tufayli alangalanishning kechikish davrini uzaytirib yuboradi va natijada dizel dvigateli taqillab ishlaydi. Yonish kamerasida yonilg'i ko'p to'planadi va katta qismi birdaniga alangalanadi, bosim keskin ko'tariladi va dvigateldan o'ziga xos taqillangan ovoz eshitiladi, natijada podshipnik vkladishlari, porshen halqalari yeyiladi. Yonilg'i sarfi ortadi.
2. Naften uglevodorodlar, kimyoviy formulasi:CH2n
Bu uglevodorodlar siklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Naften uglevodorodlar parafin va aromatik uglevodorodlar oralig'ida turadi, shuning uchun ular benzin tarkibida ham dizel yonilg'isi tarkibida ham qoniqarli ishlaydi.
Naften uglevodorodlar quyidagicha strukturaga ega:
Naften uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarga qaraganda yuqoriroq haroratda qaynaydi va yuqori haroratda oksidlanishiga qarshi moyilligi ham kuchli. Naften uglevo-dorodlarning yengil fraksiyalari qotish harorati past bo'lganligi sababli qishki sort dizel yonilg'isi tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Naften uglevodorodlarning og'ir fraksiyalarining
qovushqoqligi va kimyoviy barqarorligi yuqori bo'lganligi uchun motor moylarining asosini tashkil etadi.