2019 O‘qish oxi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə11/21
tarix22.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#119968
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
oqish kitobi 3 uzb

Hisobda adashgan bola
(Hikoya)
Zamira Ibrohimova
1
Anvar uchinchi sinfda o‘qiydi. Hamma o‘quvchi bolalar kabi u ham a'lo baholarni juda yaxshi ko‘radi, ammo-lekin... dars tayyorlashni yoqtir- maydi. Uy vazifalarini chala-chulpa bajaradi.


49
Mana bugun ham zo‘rg‘a dars tayyorlashga o‘tirdi. „Matematika“ kitobini ochib, uyga beril- gan vazifani o‘qiy boshladi. Tili o‘qiyapti-yu, xayoli telefon o‘yinida. Masalani o‘qib bo‘l- gach, „Nimalarni yozishadi, boshni qotirib. Shu- naqa ham masala bo‘ladimi? Oshga qancha masalliq ketishini hisoblash shartmi, bor ma- salliqni qozonga solib, shartta-shartta qovuradi, bo‘ldi-da“, - dedi o‘zicha asabiylashib. Aksiga olib shu tobda uni mudroq bosib, maza qilib uxlagisi kelardi. O‘rnidan turib, karavotiga cho‘-
4-O‘qish kitobi, 3-sinf
zildi. Yostig‘i shunday yumshoq, yoqimliki, onasi allalayotganday, Anvar shirin uyquga ketganini bilmay qoldi.
2
U tush ko‘ra boshladi. Tushida bo‘ylari o‘sib, katta yigit bo‘lib qolganmish. U bir choyxo- naning bosh oshpaziga shogird bo‘libdi. Erta-
labdan ish boshlanibdi. Bosh oshpaz unga:

  • Bugun palov pishiramiz. Bozorga borib, oshga kerak bo‘ladigan masalliqlardan olib kel. Anvarjon, yaxshilab eshitib olgin, sakkiz kilogramm guruchga teng miqdorda sabzi ol, sabzidan ikki marta kam go‘sht ol, guruchdan to‘rt marta kam yog‘ ol, yog‘dan ikki marta kam piyoz olgin... ^To'xta, yaxshisi masalliqlar ro‘yxatini yozib ola qol, - debdi.

  • Yozish shart emas, hammasini tushun- dim, - debdi Anvar va shoshqaloqlik bilan bozorga ketibdi.

Bozordan sakkiz kilogramm guruch, sakkiz dona sabzi, ikki kilogramm go‘sht, to‘rt litr yog‘, ikki dona piyoz olib kelibdi.
Bosh oshpaz Anvarning xaridini ko‘rib hay- ron bo‘libdi.

  • Sen bola, oshpaz uchun ham hisob- kitobni bilish juda muhim ekanligini bilmas ekansan-ku! Senga hisobni o‘rgatishga vaqtim yo‘q. O‘qib, bilimingni oshirib kel, - deb uni shogirdlikka olmabdi. Anvar uyatdan qizarib- bo‘zarib bosh oshpazning yonidan chiqib ke- tibdi.

Ot 1. Anvar nega asabiylasha boshladi?
2. Anvar nima uchun bosh oshpazning yoni­dan qizarib chiqib ketdi?
3
„Endi nima qilsam ekan?“ deb o‘ylab tur- sa, muzqaymoq sotuvchi „Hoy yigit, kel, oz-
gina qarashib yubor“, - deb uni chaqiribdi.
„Maza, muzqaymoq sotaman“. Anvar xursand bo‘lib, muzqaymoq sotuvchining yoniga boribdi. O‘zi tengi bir bola unga besh mingtalik pul uzatib:

  • Aka, menga yetti yuz ellik so‘mlik muz- qaymoqdan besh dona bering, - debdi.

Anvar pulni olib, bolaga muzqaymoq uza- tibdi, ammo qancha qaytim berishni bilolmay, indamay turaveribdi.

  • Aka, qaytimini bermaysizmi? - debdi bola.

  • Bor-bor, boshni qotirma, qanaqa qaytim, senga beshta muzqaymoq berdim-ku, - debdi Anvar do‘q urib.

Bolaning onasi kelib, Anvarni urisha ketibdi. Qayerdandir boshqa xaridorlar ham kelib shov- qin ko‘tarib, uni sudrab olib keta boshlashibdi. Anvar oyoq-qo‘llarini potirlatib, tipirchilab, baqi- rarmish.
U o‘z ovozidan cho‘chib, uyg‘onib ketibdi. O‘ng-u so‘liga qarab:
- Xayriyat-ey, tushim ekan... Voyy, hisobni bilmaganim yomon pand berdi-ku! - debdi peshanasiga shappati urib. So‘ngra yuzini muzdek suvga yuvib kelibdi. Matematika ki- tobini ochib, uyga berilgan vazifani diqqat bilan qayta o‘qib, masalaning ^shartini tartib bilan yoza boshlabdi...
U daftarini yopar ekan, beixtiyor tushini es­lab, miyig‘ida kulibdi. „Ey, Anvar, masalani yaxshilab o‘qib, shartini tushunib olsa, oson- gina yechsa bo‘lar ekan-ku! Endi bildingizmi, matematika har qadamda kerak ekanligini“, - debdi o‘ziga o‘zi.

  1. Anvar muzqaymoq olgan bolaga qancha qaytim berishi kerak?

  2. Matematika fani muhim ekanligini matndan xulosa chiqarib, o‘z so‘zingiz bilan ayting.



Chalavoyning to‘la tushi


Olqor Damin
Tushimda-chi, tushimda
Qiziq ishlar bo‘lganmish. „Ikki“larga to‘rxaltam Roppa-rosa to‘lganmish!
Ko‘rmagandek hech narsa Ketarmishman shaharda.
Olarmishman chap qo‘lga, O‘ngim tolsa agarda. To‘rxaltaga, goh menga
Hamma hayron boqarmish. Izza bo‘lish qayoqda, Qaytaga xush yoqarmish. Birov oxir:

  • Qo‘yib chiq, bor uyingga! -

der emish.

  • O‘zim gumdon qilay yo,

Ber bu yoqqa, ber! - dermish. „Eha, eha, nega?..“ deb Tegarmishman joniga.
„Yo‘qot bularingni!..“ - deb Tushirdi-ku jag‘imga.
Shundoq ketsam uyg‘onib,
Soat ham o‘n bo‘libdi.
„Tinchlikmi?..“ deb tepamda Oyim kulib turibdi.

  1. She'rni ifodali o‘qing. Nima uchun sarlav- haga „Chalavoyning to‘la tushi“ deb nom

qo‘yilgan?

  1. „Shundoq ketsam uyg‘onib, Soat ham o‘n bo‘libdi“ misrasidan nimani tushundingiz?

Jumboq hikoya
Muhabbat Hamidova
(Hikoya)
Sardorning xotirasi yaxshi emas. Qancha harakat qilsa ham, she'rni to‘laligicha yodlab ololmaydi. Yo‘q, yodlaydi. Ammo doskaga chi- qishi bilan hammasi esidan chiqib ketadi. Bu haqda o‘rtog‘iga aytgandi. O‘rtog‘i shunday mas- lahat berdi:
- Men yodlashning oson yo‘lini bilaman. She'rni daftarga uch-to‘rt marta ko‘chirib yoza- man. Avval daftarga qarab ovoz chiqarib o‘qiyman, keyin uni yopib, yoddan aytaman. Esimdan chiqqan joyida daftarga qarab ola- man. Darrov esimga tushadi. Doskaga chiq- qanimda esa daftar varag‘ini yirtib, cho‘n- tagimda ushlab turaman. Shunda xotirjam bo‘- laman.
Bu fikr Sardorga ma'qul tushdi. Ammo kattagina she'rni qayta-qayta ko‘chirishga erin- di. Kitobni ko‘tarib yurib yodlash esa oson emas. O‘ylab yo‘lini topdi. Qo‘ylarini qirga haydab ketayotganida kitobdan she'r yozilgan sahifani shartta yirtib oldi. Qo‘ylari o‘tga yoyi- lib ketgach, tepalikka chiqib, cho‘ntagidagi va- raqni oldi. Tikka turganicha baland ovoz bilan she'rni o‘qishga tushdi. Ovoz jarangidan o‘zi zavqlanar, iloji boricha ifodali o‘qishga intilardi. 54













Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin