2019 O‘qish oxi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə13/21
tarix22.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#119968
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
oqish kitobi 3 uzb

Yo‘ldosh
Siz nimalar yasashga qiziqasiz?
Ilmning omonati
(Rivoyat)
Qadim zamonda usta temirchi bo‘lib, bu hu- narni ipidan ignasigacha bilar ekan. Bundan tashqari u gullarni juda sevar va usta- xonasining oldida g‘aroyib gullarni parvarish qilar ekan. Temirchi qarib kuchdan qola bosh- laganda, shogird olishni e'lon qilibdi. Uning oldiga uchta yigit kelib, shogirdlikka tushmoq- chi ekanliklarini aytishibdi. Temirchi yigitlardan bittasini tanlab olish uchun ularni sinab ko‘r- moqchi bo‘libdi. Har biriga kichkina xalta- chalarda o‘zi parvarish qilayotgan gullarning urug‘laridan beribdi va: „Men muhim ish bilan uzoq safarga ketyapman. Qaytgunimcha mana shu urug‘larni ehtiyot qilib saqlanglar. Urug‘- larni saqlab, menga qaytargan yigitga temir- chilik hunarini o‘rgataman“, - debdi.
Birinchi yigit urug‘larni uyiga olib borib, te- mir sandiqqa solib qo‘yibdi. U urug‘larni mana shunday saqlamoqchi bo‘libdi. Ikkinchi yigit gulchining do‘koniga borib, urug‘larni sotibdi va temirchi qaytganida xuddi shunday urug‘- larni sotib olishini do‘kondorga tayinlabdi. Uchinchi yigit esa urug‘larni hovlisiga va uyi atrofiga ekib, ulardan o‘sib chiqqan gullarni parvarishlay boshlabdi.
Oradan ancha vaqt o‘tib, temirchi safardan qaytibdi. U uchala yigitni huzuriga chaqiribdi.
Birinchi yigit temir sandiqda turgan urug‘- larni olib boribdi. Temirchi ularni ko‘rib: „Sen ularni o‘ldiribsan, endi ular hech narsaga ya- ramaydi. Demak, sen hunarga ham shunday munosabatda bo‘lasan“, - debdi.
Ikkinchi yigit gul do‘konidan sotib olgan urug‘larini olib kelib ko‘rsatibdi. Temirchi ularni ko‘rib: „Bular men senga bergan urug‘lar emas, sen ularni sotib yuborib, bugun boshqa urug‘ olib kelibsan“, - debdi.
Uchinchi yigit ekkan gullarining urug‘larini yig‘ib olib boribdi. Temirchi ularni ko‘rib: „Ma­na shular men bergan urug‘lar, sen ularni hatto ko‘paytirib kelibsan. Demak, sening o‘rgangan hunaringdan hamma bahramand bo‘ladi“, - deb shogirdlikka shu yigitni qabul qilibdi.
Tarbiya kitobi“dan
Q 1. Temirchi usta shogirdlarni qaysi yo‘l bilan Г*- tanlab oldi?

  1. Siz ikki yigitning tutgan yo‘liga qanday ba- ho berasiz? Hunar haqida maqollar ayting.

Bordir kulol amakim
Obid Rasul
Bordir kulol amakim,
Nomlari usta Hakim.

Loy pishitib erta-kech,
Erinishni bilmas hech.

O‘ymakorlarga taqlid, Har naqshida nozik did. Yangicha san'at talab, Qo‘ndirib gul silliqlab.
Olov xumdon ichida, Yal-yal gulxan ichida, Oqizib ter, yuzda nur, Ishlaydi dilda g‘urur.
U yasagan gultuvak, Sopol lagan, osh tovoq,
Ko‘zasi chinnilardek,
Oyna misol yarqiroq.
Bu o‘tmish san'at meros,
Bobolarga bo‘lib xos. Ungadir naqsh sayqal,


mukammal.
Etdi bugun
U yasagan har idish
Xizmatdadir yoz-u qish.

  1. O‘qing, tushunganingizni so‘zlang.

  2. Kulolning mehnati tasvirlangan o‘rinlarni toping. Kulollar mehnatiga ta'rif bering.

Har kasbning o‘z gashti bor.

Bobongiz xafa bo‘lsalar maylimi?
Mirzakalon Ismoiliy
(Hikoya)
Ravshanjonning bobosi hamma ishga che- chan. U kishining qo‘li gul deyishadi. Yer chopishmi, ariq olishmi, devor suvashmi, taxta randalashmi - hammasini havas Ibilan qiladi.
Asboblarini aytmaysizmi? Juda ko‘pki, sana- gan bilan ado bo‘lmaydi. Ketmon deysizmi, belkurak deysizmi, qo‘larra, oybolta, tesha, gul- qaychi, randa, andava...
Bu asboblarni o‘zi ishlatadi. Ketmon bilan yer chopadi. Belkurak bilan daraxtlarning tagi- ni yumshatadi. Oybolta, qo‘larra, tesha bilan da­raxtlarning qing‘ir-qiyshiq o‘sgan shoxlarini kallak- laydi. Randa bilan taxta randalaydi, andava bilan devor suvaydi. Shunisi qiziqki, u kishi ishi ko‘p bo‘lsa ham shoshilmaydi. Avval bitta ishni chiroyli qilib bajaradi. Keyin boshqa ish- ga qo‘l uradi. Innaykeyin asboblarini ishlatgan joyida tashlab ketmaydi. Ularni tozalab, joy- joyiga qo‘yadi.
Ravshan bo‘lsa, bunday qilmaydi. U ishni qilsa, bu ish qolib ketadi. Asboblarni yig‘ish- tirib qo‘ymaydi. Ishlatgan yerida qoldirib keta- veradi. Avvaliga bobosi nevaram o‘zi tushunib olar, deb hech nima demadi. Har yerda qol- gan asboblarni o‘zi tozalab, joy-joyiga keltirib 64
qo‘yib yurdi. Qarasa, bo‘lmaydigan. Biror asbob kerak bo‘lib qolsa, joyidan topilmaydi. U yoqni qidiradi, bu yoqni qidiradi - hech qayerda yo‘q. Ravshandan so‘rasa, u ham qayerdali- gini bilmaydi. Qo‘ying-chi, tartib degan narsa qolmadi.
Oxiri bobosi Ravshanni biroz koyidi:

  • Asboblarni oldingmi, ishlatib bo'lgandan ke­

yin darrov joyiga qo‘yish kerak. Kimga kerak bo‘lsa, u shu yerdan osongina oladi, qidir-
maydi. Sen bo‘lsang, mening asboblarimni har yerga tashlab ketasan. Bunday qilsang, men
xafa bo‘laman, - dedi.

  • Yo‘q, yo‘q, bobojon. ^|Sizni xafa qilmay- man. Endi asboblaringizga tegmayman. Uydan bir nima olsam, ^ishlatganimdan keyin yana darrov joyiga keltirib qo‘yaman. Xo‘pmi? Shun- day qilsam xafa bo‘lmaysizmi?

  • Shunday qilsang, xafa bo‘lmayman, bo- lam, - dedi bobosi.

f* 1. Bobo qanday fazilatga ega?
о 2. Bobo Ravshanni qaysi ishlari uchun koyidi?

  1. Ravshan nima qilsa, bobosi xafa bo‘lmay- di? Siz matndan qanday xulosa chiqar- dingiz?





Kelib Tishlab

og‘zini
olsa,

ochar, qochar.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin