2019 O‘qish oxi


Bo‘lim yuzasidan takrorlash



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə15/21
tarix22.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#119968
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
oqish kitobi 3 uzb

Bo‘lim yuzasidan takrorlash

  1. Siz qanday kasb egasi bo‘lmoqchisiz?

  2. „Hunarli inson xor bo‘lmas“ maqolini siz qanday tushunasiz?

  3. Bo‘limdan yodlagan she'ringizni ifodali aytib bering.

  4. Nima uchun bir yigitga qirq hunar ham oz deyishadi? O‘z so‘zingiz bilan izoh- > lang.

GO‘ZAL QISH MANZARASI

Kumush fasl
Zikrilla Ne’mat

Oltin 1kuz poyoniga yetib, dov-daraxtlarning so‘nggi yaproqlari ham duvva to‘kilib, bog‘-u rog‘larda, ekindan bo‘shagan keng maydonlar- da, paxsa devorlar ustida gala-gala qora qar- g‘alar paydo bo‘lib qolishdi. Ular go‘yo qora chopon kiyib olgan kishilardek, yelkalarini qisib olgancha, zovur bo‘ylari-yu yo‘l chekkalarida salmoqli qadam tashlashadi. Atrofga alanglab olgach, yerdan nimalarnidir cho‘qilab yeyishadi. Ayrimlari esa baland daraxt shoxiga yoki sim-
yog‘ochga qo‘nib olib, bulutli osmonga qarab „qarr-qarr“ etib qo‘yishadi. „Qarg‘a qag‘illayapti, qor yog‘sa kerak, ayoz nafasi kelyapti“, - deyishadi ko‘pni ko‘rgan keksalar ko‘kdagi bu- lutga ishora qilib. Darhaqiqat, ko‘p kuttirmay, kechga borib yakkam-dukkam qor uchqunlay boshlaydi. Avvaliga ariq bo‘ylari va devor os- tilari oqarib, tongga borib hamma yoq oppoq
qorga burkanadi. Shudgorlangan dalalar oppoq qor ko‘rpasi ostida shirin uyquga ketadi.
Bolajonlar uchun esa qishning qiziqarli o‘yin- lari avj oladi. Kimdir qorbobo yasaydi, kimdir
tepalikdan chanada uchadi. Kimdir o‘rtoqlari bi­lan maza qilib qorbo‘ron o‘ynaydi. Shu bois-
dan ham biz zumrad bahorni, jazirama yozni
va oltin kuzni qanchalik yaxshi ko‘rsak, ku-
mush qish faslini ham shunchalik sevib, or- ziqib kutamiz.
Qish butun tabiat hordiq oladigan sokin va orombaxsh fasldir. Ayniqsa, O‘zbekistonimizning tog‘-u toshlari, dala-dashtlari, go‘zal qishloq- shaharlari oqqa burkanib, ko‘ngilda sof va ezgu orzularni uyg‘otadi.
О 1. Qora qarg‘alar yurtimizda qachon paydo f bo‘ladi?

  1. Qishki o‘yinlar haqida bilasizmi?

  2. „Qishki o‘yinlar“ mavzusida 3-4 gapli matn tuzing.

Qish ohori qor bilan. Л*
Qor alyori
Dilshod Rajab
Osmon qorni eladi,
Yerni oqqa beladi.
Xuddi yumshoq par to‘shak,
Dumalaging keladi.
Qor yog‘ar-ey, qor yog‘ar, To‘lib dala-qir yog‘ar.
Boshimizdan sochqiday,
Oq marvarid, dur yog‘ar.
Xo‘p yaxmalak otamiz,
Goho qorga botamiz.
Qizib jo‘shar qon tanda,
Kim deydi sovqotamiz?
Qish yaxshi-yo, qish yaxshi,
Oppoq qor - kumush yaxshi. Bir-birovga qor otib,
Qiyqirib, quvish yaxshi.
Qorto‘plarni otamiz,
Rosa kulib qotamiz.
Pisand qilmay ayozni, Qish zavqini totamiz.
Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar,
Rizq-u ro‘z mo‘l-ko‘l yog‘ar.
Xo‘b quvnatib dillarni,
Zavqimizga jo‘r yog‘ar.

  1. Shoir qorni nimaga o‘xshatgan?


  2. She'rni yod
    Oppoqqina Yer yuzini
    „Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar, Rizq-u ro‘z mo‘l-ko‘l yog‘ar“ misralarini qay tarzda tu- shundingiz?

oling.


(jo&)
dasturxon,
qoplagan.
Ghana
O ‘tkir Ho shimov

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin