Dilshod Rajab Kitoblar ko‘p dunyoda, Barchasidan ziyoda, Nur sochar misli oftob, Bizning bosh Qomus kitob! Har so‘zida ming ma'no, Ham mehr, ham qudrat jo, Qadrlidir doimo, Bizning bosh Qomus kitob! Adolatdan so‘zlaydi, Ezgulikni ko‘zlaydi, Teng-tenglikni istaydi, Bizning bosh Qomus kitob! Huquqimiz qalqoni, Erk, baxtimiz posboni, Insoniylik dostoni, Bizning bosh Qomus kitob! Dadil bo‘l, men bor, deydi, Senga madadkor, deydi, Qonun ustuvor, deydi, Bizning bosh Qomus kitob! She'rni ifodali o‘qing.
Qomusimiz nimalar haqida so‘zlar ekan? Qomusimiz nima uchun kerak?
tushuntiring.
She'rning oxirgi bandi mazmunini jQ She'rni yod oling.
Qish ertagi Aziza Ahmedova (Ertak) Havo soviy boshlabdi. Sovuqdan dir-dir qal- tirashayotgan Tipratikan, Qizilishton, Quyon bir joyga yig‘ilishib, suhbat qurishibdi.
Men qiladigan ish qolmadi, endi dam ola- man, - debdi Qizilishton.
Nimalar deyapsan, hoy o‘rmon shifokori? - debdi unga Quyon. - Nahotki endi hech kimga keraging bo‘lmasa?
Voy, voy, voy! Shunaqa ham sovuq bo‘la- dimi? Endi qayerda jon saqlaymiz? - deya baroqdum Tulki kelib qolibdi. Tulkini ko‘rgan Quyonning jon-poni chiqib ketibdi.
Shu payt Qizilishton:
Kelinglar, bir boshpana topaylik. Qishga
kerakli hamma narsani uyga tashib olamiz-da, yashayveramiz, - debdi.
Yaxshi taklif. Lekin sizlarning qishga g‘am- laganlaringizni biz, tulkilar yeya olmaymiz. Biz- ga tovuq, quyon, qush go‘shti kerak, - Tulki shunday debdi-da, ko‘zlarini surbetlarcha Qizil- ishtonga qadabdi. So‘ng sal nariroqqa, quyuq- roq butalarning orasiga kirib olibdi. Qizilishton ham qaltirab, qo‘nib turgan butog‘iga mahkam- roq yopishib olibdi va:
Yegulik haqida keyin o‘ylab ko‘rarmiz. Hozir boshpana masalasini hal qilaylik, - deb Qu- yonga o‘girilibdi.
2 Quyonlar yig‘ilishibdi. ^Tulki ham ayyor do‘stlari bilan shu yerga kelibdi. Ular birgalikda bosh- pana qidira boshlabdilar. Tulkilardan biri boshqasining qulog‘iga shi- virlabdi:
Qornim rosa ochdi-da, kel, mana bu qu- yonlardan bir-ikkitasini maza qilib tushiraylik.
Yo‘q, yo‘q, biroz chidash kerak. Keyin hammasi o‘zimizniki bo‘ladi, - debdi boshqa Tulki.
Nihoyat, hayvonlar bir g‘or topishibdi. G‘or kichikroq ekan, bu quyonlarga yoqib tushibdi. Yaxshi joy ekan, faqat biz sig‘amiz, bolalari bilan Tipratikanga ham joy topilib qoladi. Biroq 6-O‘qish kitobi, 3-sinf 81
Tulkixon bilan do‘stlari o‘zlariga boshqa joy topishlari kerak, shekilli, - debdi Quyon. Quyonning gapiga Tulkining jahli chiqibdi. Ammo jahli chiqqanini sezdirmabdi.
G‘orni biz ham izlashdik. Quyonlar biroz siqilishsa, joy hammamizga yetadi, - debdi Tulkivoy.
Yaxshisi, g‘orga sizlar avval kirib ko‘ring- lar, sig‘sanglar sizlarniki, - debdi Quyon. Bu gap tulkilarga ma'qul kelibdi. Ular g‘orga ki- rishibdi. ^Qancha siqilishmasin, tulkilarning ham- masi g‘orga sig‘mabdi. Buni ko‘rgan Tipratikan tulkilarga qarab:
Quyonning gapi to‘g‘ri. Sizlar o‘zingizga joy topishingiz kerak, boshqa iloj yo‘q, - debdi.