202 yil “ ” shahar (tumani) -son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ichki myehnat tartibi qoidalari



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə4/5
tarix07.11.2022
ölçüsü179,5 Kb.
#67664
1   2   3   4   5
Ички мех тар коидаси

4. ISh VAQTI VA DAM OLISh VAQTI

4.1. Xodim ushbu Qoidalarga, navbatlilik jadvallariga va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘zining mehnat majburiyatlarini bajarishi kerak bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.


4.2. Muassasaning barcha xodimlari uchun dushanbadan juma kuniga qadar har kungi umumiy ish vaqti soat 8.00da boshlanadi va kech soat 17.00ga qadar davom etadi. Har 4 soatdan so‘ng tushlik uchun vaqt ajratiladi. Tarbiyachi xodimlarga ish joyiga ish vaqtidan 5 minut avval kelishlari tavsiya qilinadi.
Muassasada ishlovchi ba’zi xodimlarning ish vaqti ularga yuklatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida belgilanishi mumkin.
4.3. Korxonaning quyidagi xodimlari uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi:
I va II guruh nogironlariga - haftada 36 soat;
Ish hajmi kam bo‘lgan yoki o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlar uchun kelishilgan soat bo‘yicha;
4.4. Har kungi ishning davomiylik vaqti quyidagi hollarda bir soatga qisqartiriladi:
Dam olish kuni deb e’lon qilingan bayram kunlaridan bir kun oldin;
tungi vaqtda ishlarni bajarganda (soat 22.00 dan to 6.00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi).
Tungi ishlash muddati mehnat sharoitiga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, xususan uzluksiz ishlanadigan korxonalarda, shuningdek, bitta dam olish kuni bo‘lgan 6 kunlik ish haftasida navbatli ishlarda kunduzgi ish bilan tenglashtiriladi;
4.5. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha ishga qabul qilish paytida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilanishi mumkin.
Ish beruvchi quyidagi hollarda to‘liqsiz ish vaqtini belgilashi mumkin:
homilador ayollar; 14 yoshgacha bolasi (16 yoshgacha nogiron bolasi) bo‘lgan ayollar, shu jumladan, uning homiyligida yoki tibbiy xulosaga muvofiq oilaning kasal a’zosini boqayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, qonunchilikda, shuningdek, jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan hollarda.
To‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash xodim uchun har yilgi ta’til muddatini mehnat stajini hisoblash va boshqa mehnat huquqlarini biror bir tarzda cheklashlarga sabab bo‘lmaydi va ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.
4.6. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ishning boshlanish va tugash vaqti, tushlik vaqti muassasa ustavida belgilanadi. Xodimlarning muassasaga ishga qatnovi muassasada maxsus yuritiladigan daftarda ro‘yxatga olinadi hamda mazkur daftarning yuritilishi uchun muassasa direktori shaxsan javobgar bo‘ladi.
4.7. Ish sharoitlariga ko‘ra tushlik uchun tanaffus vaqtini belgilash mumkin bo‘lmagan xodimlarga ovqatlanish uchun ish vaqtida kamida 30 minut beriladi. Bunday ishlar ro‘yxati, ovqatlanishning boshlanish va tugash vaqti hamda joyini ish beruvchi kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydigan navbatchilik jadvaliga binoan belgilanadi.
4.8. Navbat bilan ishlaydigan muassasalarda (bo‘limlarda) ish navbatining vaqti, ularning navbatlanish tartibi, tushki tanaffus vaqti yoki ovqatlanish vaqti, dam olish kunlarini berish korxona rahbari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlagan navbatchilik jadvaliga ko‘ra belgilanadi.
Xodimni ishga ikki navbat davomida ketma-ket jalb etish taqiqlanadi.
Navbatchilik jadvali bilan manfaatdor xodimlar u kuchga kirishiga qadar 1 kundan kechiktirmay tilxat berib tanishishlari kerak. Navbatchilik jadvali muassasaning binosiga osib qo‘yiladi.
Ishning tugashi bilan uning keyingi kunda boshlanishi (navbatda) o‘rtasidagi har kungi dam olish vaqti 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
4.9. Har kungi ish vaqti (navbat)dan ortiqcha belgilangan ish xodim uchun ish kunidan tashqari mehnat vaqti hisoblanadi.
Ish kunidan tashqari mehnat qilishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ish kunidan tashqari ishlashning vaqti ikki kunda har bir xodim uchun to‘rt soatdan (zararli va og‘ir mehnat sharoitlarida ishlashda - kuniga ikki soatdan) va bir yilda 120 soatdan oshmasligi kerak.
Ish vaqtidan tashqari ishlashga quyidagilarga ruxsat berilmaydi:
ish navbatining vaqti 12 soatni tashkil etadigan xodimlar;
4.10. Xodimlarning ayrim toifalarini dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga jalb etishga faqat favqulodda hollarda ish beruvchining yozma buyrug‘i bilan yo‘l qo‘yiladi.
4.11. Tungi ishlarga hamda dam olish va bayram kunlarida ishlashga nogironlar, homilador ayollar va 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar ko‘rsatilgan ishlarga faqat ularning roziligi bilan jalb etilishi mumkin.
Bunda nogironlar bunday ishlar tibbiy tavsiyalar bilan ularga taqiqlanmasligi sharti bilan jalb etiladi. Shunga o‘xshash tibbiy tavsiyasi bo‘lgan va o‘zi rozilik bildirgan homilador ayollar va uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar tungi ishlarga jalb etilishi mumkin.
4.12. Ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi mehnatga haq to‘lash va badal jamoa shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
4.13. Barcha xodimlarga, shu jumladan, o‘rindoshlarga ham ish joyi hamda o‘rtacha ish haqini saqlab qolgan holda har yilgi mehnat ta’tillari beriladi.
4.14. Har yilgi ta’tillar (asosiy va qo‘shimcha) vaqti, ularga haq to‘lash va hisoblash tartibi, shuningdek, ta’til olishga huquq beradigan ish stajini hisoblash qonunchilikda ko‘zda tutilgan va jamoa shartnomasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4.15. Xodimning arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning qancha davom etishi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Ish beruvchi ko‘rsatilgan ta’tilni xodimning iltimosiga ko‘ra jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan hollarda va muddatda berishga majbur.
4.16. Har yilgi asosiy ta’til quyidagicha beriladi:
ishlangan birinchi yil uchun - olti oy ishlagandan keyin;
ikkinchi va keyingi yillardagi ish uchun - ta’tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida.
4.17. Ta’til har yili u beriladigan ish yili tugashiga qadar berilishi kerak. Ta’til xodimning yozma arizasiga ko‘ra qismlarga bo‘linishi mumkin. Ta’til qismlaridan biri kamida 12 ish kunini tashkil etishi kerak.
Faqat xodimning roziligi bilan ta’tildan chaqirib olish mumkin. Ta’tilning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi yoki keyingi yilga ko‘chiriladi.
4.18. Xodimning xohishiga qarab ish vaqtida eng kam muddatdan (15 ish kunidan) ortiqcha yillik ta’til uchun pul badali to‘lanadi.
4.19. Har yilgi ta’tillarni berishdagi rag‘batlantirishlar kalendar yili boshlanishiga qadar korxona rahbari kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishib tasdiqlaydigan jadvalga binoan belgilanadi. Ana shu tartibda jadval yarim yil tugaganidan keyin ana shu davrda ishga yangi qabul qilingan xodimlarni hisobga olib to‘ldiriladi.
Xodim ta’tilni berish vaqti to‘g‘risida uning boshlanishidan ko‘pi bilan 15 kun oldin xabardor qilinishi kerak.
4.20. Ta’til uchun haq ta’til boshlanadigan kundan oldingi kunda to‘lanishi kerak.
Xodimning arizasiga ko‘ra ta’til boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkin, agar u bu haqda o‘z vaqtida xabardor qilingan yoki unga ta’til boshlanishiga qadar ta’til vaqti uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa.
4.21. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan, uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko‘ra mehnat munosabatlarini keyin tugatgan holda har yilgi asosiy va qo‘shimcha ta’tillar berilishi ko‘zda tutilishi mumkin.
Mazkur holda ta’tilning tugash kuni mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi deb hisoblanadi.
Keyin ishdan bo‘shatish sharti bilan ta’tilga chiqqan vaqtda xodim, qonunchilikda belgilangan yoki tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilangan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati tugagan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qaytarib olishga haqli bo‘lmaydi.



Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin