“KYeLIShILGAN” “TASDIQLAYMAN”
shahar (tumani) -sonli -son maktabgacha ta’lim maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkiloti kasaba uyushma direktori qo‘mitasi raisi ___________ _________
202 yil “____ ” 202 yil “___ ”
shahar (tumani) -son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
IChKI MYeHNAT TARTIBI QOIDALARI
1. Umumiy qoidalar;
2. Mehnat shartnomasini (kontraktini) tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi;
3. Mehnat intizomini ta’minlash va javobgarlik;
4. Ish vaqti va dam olish vaqti;
5. Mehnat shartnomasi tomonlari o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish.
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ichki mehnat tartibining ushbu qoidalari O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, mehnat to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, shahar (tumani) -sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati davomida mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni, ish beruvchi va xodimlarning huquq va majburiyatlarini, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini hamda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan asosiy qat’iy me’yoriy hujjat hisoblanadi.
1.2. Qoidalar korxonaning kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishib tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va korxonada qo‘llaniladi.
1.3. Qoidalarga rioya qilish ish beruvchilar va xodimlar uchun majburiy hisoblanadi, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
1.4. Ish beruvchining majburiyatlari quyidagilar:
1.4.1. Xodimlarning mehnatini tashkil etish;
1.4.2. Qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda, mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaratish;
1.4.3. Xodimga u bajargan ish uchun korxonada belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda haq to‘lash.
1.4.4. Mehnat va ijro intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash;
1.4.5. Amaldagi qonunchilik talablariga va jamoa hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirishni, ularga kafolatli va badal (kompensatsiya) to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash;
1.4.6. Mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan unga yetkazilgan zarar uchun xodimga haq to‘lash;
1.4.7. Xodimlarning vakolatli organlari huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish;
1.4.8. Amaldagi qonunchilik hamda Mehnat kodeksi talablariga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish.
Dostları ilə paylaş: |