2020-yilda yangi 8-sinf darslik bo’yicha tushish ehtimolligidagi testlar!


-19-20-21-22 mavzu: Qon aylanish sistemasi



Yüklə 149,07 Kb.
səhifə13/44
tarix07.04.2022
ölçüsü149,07 Kb.
#54909
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
2 5427067280192177265

18-19-20-21-22 mavzu: Qon aylanish sistemasi

1. Qon aylanish sistemasiga … kiradi ?

A) yurak, arteriya vena kapillyar jigar, limfa,

B) taloq, yurak, arteriya, vena kapillyar, limfa,

C) qizil ilik, yurak aorta, arteriya vena,

D) yurak, aorta, arteriya ,vena, kapillyar, va limfa tomirlari kiradi


2. Yurakning massasi o`rtacha erkak va ayollarda qancha bo`ladi ( gramm hisobida)

A) 220-300, 180-220, B) 400-450, 300-350,

C) 450-500 , 300-320, D) 110-220, 110-180,
3. Yurak tananing qaysi qismida joylashgan va u pastki yon ustki tomondan qanday chegaralanadi?

A) ko`krak qafasida ikkala o`pka o`rtasida, orqa tomondan qizilo`ngach, pastki tomondan diafragma,

B) to`sh suyagining oldida, yuqori tomondan qizilo`ngach, pastdan oshqozon, ikkala yondan o`pkalar bilan chegaralangan,

C) ko`krak qafasining chap tomonida, ustki tomondan bronxlar, pastdan oshqozon, ikkala yon tomondan o`pkalar bilan ajralib turadi,

D) to`sh suyagining tugash qismida, pastdan diafragma, ikkala yondan o`pkalar,
4. Yurak devorlari va ularning nomlanishi to`g`ri berilgan javoblarni aniqlang

A) tashqi- epikard, ichki-endokard, oraliq miokard, muskulli qavat miozin,

B) ichki-endokard, o`rta-miokard, tashqi-epikard,

C) ichki-endokard, o`rta muskul-miokard, tashqi-perikard,

D) perikard, epikard, endokard, miokard, yurak pardasi
5. Yurak muskuliga yopishib turadi?

A) perikard B) epikard C) miokard D) perikard va epikard.


6. Yurak orqa tomonidan ... orqali umurtqa pog‘onasidan ajralib turadi?

A) diafragma

B) ko‘krak qafasi devorlari

C) qizilo‘ngach va aorta qon tomirining pastga tushuvchi qismi

D) traxеya hiqildoq va qizilo‘ngach
7. Yurak pastki tomonidan ... orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralib turadi.

A) diafragma B) qizilo‘ngach

C) qorin muskullari D) qorinning tishsimon muskullari
8. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi. Quyida berilganlardan to‘g‘ri yo‘nalishni aniqlang?

a) bo‘lmachalardan aortaga b) qorinchalardan o‘pka arteriyasiga va aortaga

c) bo‘lmachalardan o‘pka arteriyasiga d) bo‘lmachalardan qorinchalarga e) qorinchalardan bo‘lmachalarga

A) a, e B) c, d C) d, b D) a, b


9. Yurak muskullari qaysi tomirlardan kelgan qon bilan ta‘minlanadi?

A) tojsimon arteriya B) uyqu arteriyasi

C) kovak venasi D) o‘pka arteriyasi
10. Yurakda necha xil klapnlar ajratiladi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


11.Yurakda nechta klapanlar bo‘ladi?

A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 6ta


12.Yarimoysimon klapanlar qaerda joylashgan?

A) chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida;

B) o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida;

C) chap qorincha va chap bo‘lmachasi o‘rtasida;

D) chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida;
13. Yarimoysimon klapanlar...

A) qonni chap bo‘lmachadan chap qorinchaga o‘tkazadi

B) o‘pka venalari va yurakning o‘ng qorinchasi o‘rtasida joylashgan

C) qonni aorta qon tomiridan chap yurak qorinchasiga qaytishiga to‘sqinlik qiladi

D) o‘ng qorincha va chap qorinchalar orasida bo‘lib, arteriya va vena qon tomirlarining aralashib ketishining oldini oladi
14. Yurakning chap bo'lmachasiga quyiladigan qon tomirni aniqlang.

A) o'pka arteriyasi B) kovak venalari

C) o'pka venalari D) tojsimon arteriyalar
15.Yurakning bir ish sikliga necha sekund sarflanadi?

A) 0,1 B) 0,3 C) 0,4 D) 0,8


16.Qon aylanish sistemasining qaysi qismida klapanlar uchraydi?

1) o'ng va chap bo'lmacha orasida; 2) o'ng bo'lmacha va o'ng qorincha orasida; 3) chap va o'ng qorincha orasida; 4) chap bo'lmacha va chap qorincha orasida; 5) vena qon tomirida

A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 2,4,5 D) 2, 4
17. Yurakning qaysi qismida ikki tavaqali klapan joylashgan?

A) bo‘lmachalar tutashgan joyda

B) aorta qon tomirining boshlanish qismida

C) o‘pka venasida va chap qorinchaning tutash qismida

D) chap bo‘lmacha bilan chap qorincha tutashgan joyda
18. Yurakning qaysi qismida uch tavaqali klapan joylashgan bo‘ladi?

A) chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘rtasida

B) chap bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha o‘rtasida

C) chap bo‘lmacha bilan o‘ng bo‘lmacha

D) o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha o‘rtasida
19. Yurak muskullarining qon bilan ta’minlaydigan toj arteriyalari nechta?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


20. Tojsimon arteriya qon tomirlarining qaysi qismidan ajralib chiqadi?

A) aortaning boshlang‘ich qismidan B) aortaning o‘rta qismidan

C) aortaning orqa qismidan D) arteriyadan

21. Yurak bo‘lmachasi qorinchalarining bir marta qisqarib, bo‘shashishi nima deyiladi?

A) sistola B) dia C) yurak sikli D) puls

22. Yurak bir marta qisqarganda, o‘rtacha 65 ml qon chiqarsa, yurakning minutlik qon chiqarish hajmi necha litrga teng bo‘ladi?

A) 6 l B) 5,2 l C) 5 l D) 4,9 l
23. Nima uchun chap qorinchaning devori qalin bo‘ladi?

A) o‘pka arteriyasiga yuqori bosim bilan qon haydaydi.

B) unda qon bosimi past bo‘lib, ko‘p ish bajarmaganligi uchun

C) aortaga yuqori bosim bilan qon haydab, butun tanani arterial qon bilan ta’minlaydi

D) o‘pka arteriyasiga past bosim bilan qon haydab, aorta qon aylanish doirasida qon harakatini ta’minlagani uchun
24. Yurakning qaysi qismi hisobiga qon faqat bir tomonga harakatlanadi?

A) yurak bo‘lmachasi B) yurak qorinchasi C) yurak miokardi D) yurak klapanlari


25.Nechta kovak vena yurakka qon olib keladi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


26.Uch tabaqali klapanlar qaerda joylashgan?

A) chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida;

B) o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida;

C) chap qorincha va chap bo‘lmachasi o‘rtasida;

D) o‘ng bo‘lmachasi va o‘ng qorincha o‘rtasida;
27. Yurakning chap bo‘lmachasiga nechta qon tomir orqali qon keladi?

A) 2 B) 1 C) 4 D) 3


28. Yurakning chap bo‘lmachasiga quyiladigan qon tomirni aniqlang.

A) o‘pka arteriyasi B) kovak venalari

C) o‘pka venalari D) tojsimon arteriyalar
29. Yurak bo‘lmacha va qorinchalar muskullarinning bo‘shashiga nima dеyiladi?

A) yurak sikli B) sistola C) diastola D) puls


30. Yurak devoirning qaysi qismi 2 qavatli;

A) miokard B) epikard C) perikard D) endokard;


31. O‘ng bo‘lmacha (a) va chap bo‘lmacha (b) ga quyiluvchi hamda o‘ng qorincha (c) va chap qorincha (d) dan chiquvchi qon tomirlarni juftlab ko‘rsating. 1) aorta; 2) yuqori kovak vena; 3) pastki kovak vena; 4) o‘pka arteriyasi; 5) o‘pka venasi

A) a - 1; b - 2; c - 3; d - 4, 5 B) a - 2, 3; b - 5; c - 1; d - 4

C) a - 2, 3; b - 5; c - 4; d - 1 D) a - 2; b- 1, 5; c - 3; d - 4
32. Yurakning sistolik hajmi qancha?

A) 40-50 ml, B) 80-100 ml, C) 65-70 ml, D) 100-120 ml,


33. Bir kecha-kunduzda yurak necha marta qisqarib kengayadi va qancha qonni arteriya tomirlariga haydaydi?

A) 10.000/10 tonna, B) 100.000/10 tonna,

C) 7000/7 tonna, D) 7000/4,9 tonna,
34. Odam tanasidagi qaysi organ tanadan ajratib olingach ma`lum vaqtgacha ishlab turishi mumkin?

A) bosh miya, B) o`pka, C) yurak, D) muskul,


35. Qon aylanish doiralari qayerdan boshlanadi va qayerda tugaydi

A) yurakning bo‘lmachasidan boshlanadi va yurakning qorinchasida tugaydi

B) organ va to `qimalarda boshlanadi, vena qon tomirlariga quyiladi

C) yurakning qorinchasidan boshlanadi va yurakning bo‘lmachasida tugaydi

D) yurakdan boshlanadi, o‘pka va buyrakda tugaydi
36. Kichik qon aylanish doirasi yurakning qaysi qismidan, qaysi qon tomiridan boshlanadi?

A) o`ng qorincha yuqori kovak vena,

B) o`ng qorincha pastki kovak vena,

C) chap qorincha o`pka arteriyalari,

D) o`ng qorinchadan chiquvchi o`pka arteriyalari,
37. Katta qon aylanish doirasi qaysi qon tomirlaridan boshlanadi?

A) aorta B) arteriya C) tojsimon arteriya D) o‘pka arteriyasi


38. Aterial qon deb nimaga aytiladi?

A) SO2 ga to‘yingan qonga B) is gaziga to‘yingan qonga

C) O2 ga to‘yingan qonga D) eritrotsitlari ko‘p bo‘lgan qonga
39.. Arteriya (1), kapillyar (2) va vena (3) lar devori necha qavat hujayralardan tashkil topgan? a) l b) 3 c) 2 d) 4

A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-c, 2-a, 3-d D) 1-b 2-a, 3-b


40. Arteriya bu - ...

A) arterial qon oqadigan qon tomir

B) venoz qon oqadigan qon tomir

C) yurak qorinchalaridan chiqadigan qon tomir

D) yurak bo‘lmalariga kiruvchi qon tomir
41.Vena qoni qaysi arteriya qon tomirlaridan oqadi?

A) uyqu B) o‘pka C) ko‘krak D) qorin


42.Vena, bu-:

A) arterial qon oqadigan tomir;

B) venoz qon oqadigan qon;

C) yurak qorinchasidan chiqadigan tomir;

D) qonni yurak bo‘lmachalariga olib keladigan tomir;
43. Venoz qon qayerda arterial qonga aylanadi?

A) kichik qon aylanish doirasida

B) katta qon aylanish doirasida

C) o‘pka venalarida

D) o‘pkaga boradigan bronxial arteriya qon tomirlarida
44. Qon tomirlarining o‘rta qavati tarkibiga nimalar kiradi?

A) silliq va ko‘ndalangmuskullar B) ko‘ndalang muskul va elastik tolalar

C) silliq muskul, elastik tolalar, tig‘iz biriktiruvchi to‘qima D) silliq muskul va elastik tolalar
45 . Ichakdan oqib kelayotgan qon qaysi organga o‘tadi?

A) buyrak B) jigar C) o‘mrov osti D) tashqi uyqu


46. Katta qon aylanish doirasini tugash joyini belgilang.

A) o‘ng bo‘lmachada o‘pka venalari bilan

B) yuqorigi va pastki kovak venalarini, o‘ng bo‘lmachada

C) kovak venalarida, chap qorinchada

D) chap bo‘lmachada, pastki kovak venasi bilan
47. Katta qon aylanish doirasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) o‘ng yurak qorinchasi- aorta - artеryanlar, organlar - vеna - chap yurak bo‘lmasi

B) o‘ng yurak qorinchasi- aorta artеriyallar -organlar - vеna –o‘ng yurak bo‘lmasi

C) chap yurak qorinchasi-opka artеriyasi –o‘pka, o‘pka vеnasi- chap yurak bo‘lmasi

D) chap yurak qorinchasi- aorta - qon tomir artеriyalar - organlar vеna qon tomir – o‘ng yurak bo‘lmasi
48. Yurakning chap bo‘lmasiga qon olib keluvchi venalar o‘zaro qo‘shilib, nechta o‘pka venasini hosil qiladi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


49. Har bir o‘pkadan nechta o‘pka venasi orqali qon yurakning chap bo‘lmachasiga quyiladi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


50. Kichik qon aylanish doirasining ketma – ketlik sxemasini belgilang

A) o‘ng yurak qorinchasi – o‘pka arteriyasi – o‘pka – o‘pka venasi – chap yurak bo‘lmasi.

B) o‘ng yurak qorinchasi – o‘pka arteriyasi – o‘pka kapillyar – o‘pka venasi – o‘ng yurak bo‘lmasi

C) o‘ng yurak qorinchasi – qorin aortasi – arteriya – kapillyar – vena – chap yurak bo‘lmasi.

D) o‘ng yurak qorinchasi – o‘ng yurak bo‘lmasi – o‘pka arteriyalari – o‘pka venasi – chap yurak bo‘lmasi
51. Qaysi a’zo funksiyasi jihatidan limfa sistemasiga yaqin turadi?

A) jigar B) qon aylanish sistemasi

C) taloq D) buyrak
52. Limfa sistemasiga nimalar kiradi?

A) limfa tugunlari, limfa suyuqligi,

B) limfa tomirlari,

C) limfa kapillyarlari,

D) limfa kapillyarlari mayda, o`rtacha, yirik limfa tomirlari limfa tugunlari,
53. Limfa aylanishining qon aylanishdan qanday farqi bor?

A) limfa tomirlari organ to`qimalariga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi,

B) limfa tomirlari uchidan limfa suyuqligi oqadi u 1-2 litrni tashkil etadi,

C) qon tomirlari ichida qon oqadfi,

D) qon aylanish ikkita yopiq doira hosil qiladi,
54. Odam tanasida qancha limfa tugunlari bor?

A) 460 ga yaqin, B) 300 ta, C) 100 ta, D) 150


55. Odam tanasidagi limfa tomirlarida hammasi bo‘lib qancha limfa suyuqligi bo‘lishini va bir sutkada qancha limfa suyuqligining vena qon tomirlariga quyilishini aniqlang.

A) 1-2 va 200-500 ml B) 0,5-1 l va 0,5- 1 l

C) 1-2 l va 1200-1500 ml D) 2-4 l a 1500-2000 ml
56. Taloq organizmda qanday funksiyalarni bajaradi?

1. immunitet hosil qilishda ishtirok etish 2. qon deposi 3. ayirish 4. qonning shaklli elementlarini parchalash 5.biologik filtr .

A) 1,2,3 B) 1,4,5 C) 1,2,4 D) 2,3,5 57.
57.Odam tanasining qaysi qismlarida limfa tugunlari ko‘p bo‘lishini aniqlang.

1. kaftda 2. tizza ostida 3. ko‘zda 4. bo‘yinda 5. yuzda 6. bosh miyada 7tirsak bo‘g‘imida 8. qo‘l va oyoq muskullarida.

A) 1,3,8 B) 6,5,1 C) 7,4,2 D) 8,5,3
58. Limfa aylanishining qon aylanishidan qanday farqi bor?

A) limfa tomirlari yurakning chap bo'lmachasidan boshlanadi va vena tomirlariga quyiladi

B) limfa tomirlari to'qima va organlardan boshlanadi

C) Unda suyuqligi aorta orqali yurakka quyiladi

D) farqi bo'lmaydi
59. Chap qovurg'alar ostida qaysi organ joylashgan?

A) jigar B) taloq

C) me'da osti bezi D) o(t pufagi
60. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda taloqda limfotsitlar ...

A) hosil bo'lshi kamayadi B) yemiriladi

C) soni o'zgarmaydi D) hosil bo'lishi ko'payadi
61. Taloqda hosil bo'luvchi va odam organizmining immunitet xusnsiyatini ta'minlashda ishtirok etuvchi moddani belgilang.

A) monotsitlar B) eozinofillar

C) limfotsitlar D) neytroBllar
62. Bir kecha-kunduzda necha millilitr limfa suyuqligi limfa tomirlaridan o'tadi va qayerga quyiladi?

A) 1200-1500; vena qon tomirlariga B) 1000-2000; aorta qon tomirlariga C) 700-1200; arteriya qon tomirlariga D) 500-700; to'qima va organlarga


63. Qonning tomirlar bo`ylab harakati qaysi qonuniyatga asoslangan?

A) Mexanika, B) Knetika,

C) Gemodinamika, D) Dinamika,
64. Tomirlarda qonning oqish tezligi nimalarga bog`liq

A) qon tomirlarining boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning har xil bo`lishi, tomirlaragi qarshilik kuchi

B) tomirlaragi qarshilik kuchi

C) yurakning qisqarish kuchiga,

D) yurakning qisqarish kuchiga, qon tomirlariga,
65. Yurak muskullari bo’shashganda kapilyarlarda bosim necha (mm) ga teng.

A) 10 B) 15 C) 20 D) 10-15


66. Tomir urishi ( puls) qanday hosil bo`ladi?

A) qon tomirlari devorining retmik ravishda to`lqinlanib turishi,

B)yurakning chap qorinchasi qisqarganda, undagi qonning aortaga va undan esa arteriya tomirlariga yuqoribosim ostida chiqarilishi,

C) yurakning o`ng qorinchasining qisqarishi natijasida o`pka arteriyasiga qonning chiqishi natijasida,

D) qorincha va bo`lmachalarning galma-galdan qisqarishi natijasida,
67. Sistolik bosim qachon vujudga keladi ?

A) yurakning qorinchalari qisqarganda,.

B) yurakning chap qorinchasi qisqarganda,

C) yurakning chap qorinchasi kengayganda,

D) bo`lmacha va qorinchalar qisqarganda,
68. O'pka venalari bo'ylab qanday qon o'tadi?

A) arterial B) venoz C) aralash D) venoz va arterial


69. Yurak bo’lmalarining qisqarishi qancha vaqt davom etadi (sek)

A) 0,01 sek B) 1 sek C) 0,1 sek D) 10 sek


70. Qon va limfa embrionning qaysi murtak qavatidan shakllanadi?

A) ektoderma; B) endoderma; C) mezoderma; D) blastoderma;


71.Qon tomirlari dеvorining ritmik ravishda to‘lqinlanib turishi ... dеb ataladi.

A) qon bosimi B) tomir urishi C) yurak sikli D) diastolik bosim


72. Qon bosimi qanday asbob bilan va qay usulda o`lchanadi ?

A) spirometr, yelka arteriyasidan,

B) tonometr bilan tirsak bo`g`imidan,

C) Riva.Rochi sfigmometri yoki tanometri bilan Korotkov usulida,

D) sistolitik va diastolitik bosim yig`indisi qo`shiladi,
73. Quyidagi javoblarning qaysi birida gipertoniya kasalligi uchun xos ko`rsatkich keltirilgan?

A) 110-70mm, B) 125-130-85mm dan yuqori,

C) 90-120mm, D110-70mm dan yuqori
74. Gipotoniya uchun qaysi javoblardagi bosim ko`rsatgichi xos ?

A) 125-130-85mm, B) 110-70mm dan past, C) 125-130-85mmdan past, D) 110-120 90mm dan yuqori,


75. Minimal bosim qanday vujudga keladi ?

A) toliqqanda, B) organizm kuchsizlanganda,

C) qorinchalar qisqarganda, D) yurakning chap qorinchasi kengayganda

76. Yurak qon tomir sistemasining ish faoliyatini qaysi nervlar boshqaradi ?

A) simpatik va parasimpatik nervlar,

B) vegetativ nerv sistemasi,

C) uzunchoq va orqa miyada joylashgan gipotalamus,

D) bosh miya yarim sharlari orasida joylashgan gipotalamus, oliy nerv markazlari,


77. Yurak qisqarishini qaysi nervlar sekinlashtiradi?

A) simpatik, B) parasimpatik, C) aksonlar, D) peeferik,


78. Yurak faoliyatini qaysi nervlar kuchaytiradi?

A) simpatik, B) parasimpatik, C) aksonlar, D) pereferik,


79. Yurak ishini qaysi bezlardan ishlab chiqariladigan qaysi garmon tezlashtiradi?

A) gipofiz bezining vazopressin gormoni

B) buyrak usti bezidan ishlab chiqiladigan vazopressin gormoni,

C) buyrak usti bezidan ishlab chiqiladigan adrenalin gormoni,

D), C,A javoblar to`g`ri
80. Artеrial qon bosimini qaysi gormonlar oshiradi?

A) vazopresssin B) insulin C) glyukokartikoid D) paratgarmon


81. Qon tomirlarini toraytirib, qon bosimni oshiruvchi gormon

A) oksitotsin B) adrenokortikotrop C) timozin D) vazopressin


82. Tonometr, bu ….

A) yurak muskullarining biotoklarini B) qonning osmotik bosimini

C) o'pkaning tiriklik sig'imini D) arterial bosimni
83. Jismoniy ish bajarayotgan vaqtda yurak bir minutda 80-85 marta qisqaribbo'shashayotgan bo'lsa, shu paytdagi yurakning minutlik hajmi qanchaga teng bo'ladi?

A) 4,9-51 B) 5,6-61 C) 65-70 ml D) 8-8,51


84. Yurak-qon tomir faoliyatini kuchaytiruvchi (a) va susaytiruvchi (b) nerv va gormonlarni juftlab ko‘rsating. 1) parasimpatik nerv; 2) sirnpatik nerv; 3) adrenalin

A) a - 2, 3; b - 1, B) a - 1, 3, ; b - 2

C) a - 2; b - 1, 3, D) a -2, 3, ; b - 1
85. Qon tomirlari devorining ichki qavatida yog‘ va tuz moddalarining to‘planishi natijasida tomirlar qattiqlashib, mo‘rtlashib va torayib qolishi yurak – qon tomir kasalliklarining qaysi turiga kiradi?

A) ateroskleroz B) infarkt C) gipertoniya D) insult


86. Bosh miyaga qon quyilishi qanday ataladi?

A) ateroskleroz B) infarkt C) gipertoniya D) insult


87. Yurak muskullarida qon aylanishning buzilishi tufayli sodir bo‘ladigan kasallik...

A) ateroskleroz B) ishemik C) insult D) miozit


88.Tamaki tarkibidagi qanday moddalar yurak-qon tomir sistemasiga zaharli ta'sir ko'rsatadi?1) nikotin; 2) karbonat angidrid; 3) radioaktiv poloniy; 4) kadmiy; 5) kobalt; 6) qo'rg'oshin;7) margimush

A) 1, 2, 4 B) 3, 5, 6 C) 4, 5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7


89.Qon oqishining ortacha tezligi aortada(a), arteriyalarda(b), arteriolalarda(c), kapillarda(d), venalarda(e) gacha sekinlashadi.

1) 40 cm/sek 2) 40-10 cm/sek 3) 0,3-0,5 cm/sek 4) 0,1 cm/sek,5)10-0,1 cm/sek

A)) a - 1; b - 2; c - 5; d - 4, e- 3 B) a - 2, 3; b - 5; c - 1; d - 4

C) a - 2, 3; b - 5; c - 4; d - 1 D) a - 2; b- 1, 5; c - 3; d - 4


90. Katta,yoshli sog`lom odamda tinch holatda maksimal va minimal bosim qancha ?

A) 70.80-110.120mm, B) 110.120m-m 70.80mm,

C) 90.100-60.70mm, D) 80-120mm,

23-24-25 mavzu: Nafas olish sistemasi.


1. Nafas olish organlari sistemasiga qaysi organlar kiradi?

1) burun bo`shlig`i, 2) qizilo`ngach, 3) hiqqildoq, 4) Yevistaxey nayi, 5) traxeya,

6) halqum, 7) bronxlar, 8) o`pkalar, 9) plevra

A) 1,2,3,5,6,8, B) 2,4,6,8,9, C) 1,3,5,7,8,9, D) 2,3,6,5,7,9,


2. Nafas olishning tirik organizm hayotida tutgan o`rni nimalardan iborat?

1) nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to`qimalarga oqsil, yog`, uglevodlar oksidlanib energiya hosil bo`ladi, 2) hujayrani tarangligi ortadi, 3) hujayra va to`qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar qo`zg`alish, harakatlanish, ko`payish ana shu energiya hisobiga amalgam oshadi, 4) hujayrani hayotchanligi ortadi, 5) hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo`lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to`qimalardan qonga o`tib o`pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi

A) 1,3,5, B) 1,2,5, C) 1,3,4, D) 1,3,2,
3. Nafas olish bu …?

A) havo olish, B) kislorad olish,

C) kislorodni chiqarib, karbonat angidrit gazini yutish,

D) odam va boshqa tirik organism tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrit gazini chqarib turishi,


4. Nafas olish jarayoni qanday qismlardan iborat?

1) o`pka bilan tashqi muhit o`rtasida kislorod va karbonat angidrit almashinuvi, 2) o`pka alviololar va tashqi muhit o`rtasida kislorod va karbonat angidrit almashinuvi, 3) o`pka alviololari va o`pka kapillyarlari o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi, 4) qon va to`qimalar o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi,

A) 1,2 B)3,4 C)1,2,3,4 D)1,4
5. Nafas olishda burun bo`shlig`ining tutgan o`rni nimalardan iborat?

A) havoni chang zarrachalardan tozalab beradi, havoni traxeyaga o`tkazadi,

B) havoni traxeyaga ilitib o`tkazadi,

C) havo namlanadi, chang zarrachalardan tozalanadi,

D) havoni chang zarrachalardan tozalab halqum orqali hiqildoqqa o`tkazadi,
6. Nafas sistemaning qaysi bo‘limlarida havo tozalanadi, iliydi va namlanadi?

A) kekirdakda, hiqildoqda, plevrada

B) burun bo‘shlig‘ida, kekirdakda, bronxlarda,

C) alveolalarda, plevrada, bronxlarda

D) barchasida.
7. Tovush boylamlari qayerda joylashgan ?

A) hiqildoqning ustki qavatida B) kekirdakning ichki yuzasida

C) hiqildoq ichki qavatining o'rtasida D) hiqildoq bilan bronxlar orasida
8. Kekirdakka xos bo‘lgan javobni toping.

A) uzunligi odam bo‘yiga qarab, 20-30 sm keladi

B) halqumning pastki qismidan boshlanadi

C) V-VII bo‘yin umurtqalari ro‘parasidan boshlanib, VIII ko‘krak umurtqasigacha davom etadi

D) hiqildoqning davomi hisoblanadi
9. Hiqildoq va traxeyaning ichki qavati nimadan iborat ?

A) biriktiruvchi to‘qima pardasidan; B) tuksimon shilimshiq pardadan;

C) ko‘ndalang-targ‘il muskuldan; D) ovoz paylaridan;
10. Ovoz tembri qachon baland bo‘ladi.

A) ovoz paylari uzun bo’lsa B) ovoz paylari ko’p bo’lsa

C) ovoz paylari kalta bo’lsa D) ovoz paylari uzun va ko’p bo’lsa

11. Hiqildoqning ichki devorida joylashgan tog‘aylar o‘rtasida nima joylashgan.

A) suyuqlik B) limfa suyuqligi C) ovoz boylamlari D) epiteliy toqimasi
12.Ovoz nutqga aylanishda nimalarga tegib o’zgaradi.

A) burun,til,lab B) lab,tish,burun C) lablar, til va pastki jag‘ D) pastki jag’,lab,burun


13. Uning oldingi devori yarim halqa tog'aydan, orqa devori qizilo‘ngachga yopishib turadigan yumshoq to‘qimadan iborat.

A) hiqildoq B) kekirdak C) Bronx D) burun bo’shlig’i


14. Ovoz teshigi odam gapirmasdan turganida(a), pichirlashib gaplashayotganida (b) , baland ovozda gaplashayotganida yoki ashula aytayotganida (c) bo‘ladi.

1) yopiq 2)yarim ochiq 3)keng ochilgan

A)1-a,2-b,3-c B) 1-b,2-c,3-a C) 1-c,2-b,3-a
15. Nafas olish sistemasi gaz almashinuv organi qaysi.

A) hiqildoq B) kekirdak C) o’pka D) burun bo’shlig’i


16. Suyak va tog‘ay to'siq bilan chap va o‘ng qismga ajralgan.

A) kekirdak B) hiqildoq C) burun bo’shlig’I D) o’pka


17. Bo‘shliq devoridagi ilonizi yo‘llar uning yuzasini kengaytiradi.

A) burun bo’shlig’i B) hiqildoq C) kekirdak D) o’pka


18. Odamning ovoz paylari bir sekundda necha martagacha tebranishi mumkin

A) 80 - 1000 B) 800-10000 C) 10-80000 D) 80 -10000
19. Nafas yo'llarinmg surunkali shamollashi, chekish va spirtli ichimliklarni tez-tez iste’mol qilish qaysi organni zo’riqishiga sabab bo’ladi.

A) kekirdak B) burun bo’shlig’i C)hiqildoq D) bronxlar


20.Yumshoq to’qimali nafas olish organi qaysi ?

A) hiqildoq B) kekirdak C) bronxlar D) o’pka


21. Yupqa devorli mayda xaltachalar nima deb ataladi.

A) fassiya B) plevra C) alveola D) periost


22.Devori bir qavat epiteliy hujayralaridan iborat bo'lib, mayda kapillarlar to‘ri bilan qoplangan.

A) alveola B) plevra C) fassiya D) periost


23.U ko‘p marta ketma-ket shoxlanib, ingichka naychalarni hosil qiladi.

A) kekirdak B) burun bo’shlig’i C)hiqildoq D) bronxlar


24. Chap o’pkaning umumiy yuzasi qancha sm2 ni tashkil qiladi ?

A) 100 B)50 C)10000 D) 5000


25.Nafas olish markazi qayerda joylashgan.

A) oraliq B) o’rta C) uzunchoq D) orqa


26. Nafas olish qaysi muskullarning qisqarishi hisobiga amalga oshadi

1.tashqi qovurg’alararo 2.ichki qovurg’alararo 3.qorin 4.diafragma 5.bo’yin

A) 1,2,4 B) 1,4 C) 2,4 D)1,3,5
27. Nafas chiqarish vaqtida qaysi muskullarning qisqarishi vujudga keladi

1.tashqi qovurg’alararo 2.ichki qovurg’alararo 3.qorin 4.diafragma 5.bo’yin

A) 1,4 B) 1 C) 2 D)1,5
28. . Nafas chiqarish vaqtida qaysi muskullarning bo’shashishi vujudga keladi

1.tashqi qovurg’alararo 2.ichki qovurg’alararo 3.qorin 4.diafragma 5.bo’yin

A) 1,4 B) 1 C) 2 D)1,5
29. O‘pkaning tiriklik sig‘imi nima yordamida o‘lchanadi.

A) tanometr B) sfignanometr C) spirometr D) kardiometr


30.O’pkaning tiriklik sig’imi nechaga teng bo’ladi

A) 3000 B) 3200 C) 3500 D) 9000


31. Odam chuqur nafas chiqarganidan so‘ng ham uning o‘pkasida yana qancha havo qoladi

A) 300 B) 2200 C) 3200 D) 1200


32.O’pkaning minutlik ventilatsyasi nechaga teng.(ml)

A)5000-6000 B) 3500 C) 8000-9000 D) 1200


33. Nafas olinganda o‘pkaga o‘tadigan havo tarkibida kislorod (a %) , azot (b%), karbonat angidrid (c) , juda oz suv bug‘lari va inert gazlar bo‘ladi.

1.0,03 % 2.79,3 % 3. 20,94 % 4.79,7 % 5.16,3 % 6. 4 %

A) a-4,b-3,c-2 B) a-3,b-2,c-1 C) a-5,b-4,c-6 D) a-1,b-5,c-2
34.Nafas chiqarilayotganida o‘pkadan chiqqan havoda kislorod (a %) , azot (b%), karbonat angidrid (c) ,

ni tashkil etadi.

A) a-4,b-3,c-2 B) a-3,b-2,c-1 C) a-5,b-4,c-6 D) a-1,b-5,c-2


35.O'pkaning tiriklik sig‘imi odam tug‘ilganidan so‘ng voyaga yetgunicha necha martagacha ortadi.

A) 35 B) 45 C) 50 D) 40
36.O’pkadagi gaz almashinuv jarayonida bosim qanday holatda bo’ladi.

A) o’pkada karbonat angidirid bosimi yuqori B) kapilyarlarda kislorod yuqori



C) o’pkada kislorod bosimi past D) kapilyarlarda karbonat angidirid yuqori
37.Kislorod bilan to‘yingan opkadan chiqib qayerga quyiladi.

A) chap bo’lmachaga B) chap qorinchaga C) o’ng bo’lmachaga D) o’ng qorinchaga


38.U gemoglobinga kislorodga nisbatan 300 marta tezroq birikadi.

A) S B) SO C) N D) CO2


39.Bir kecha-kunduzda o‘pka orqali qancha litr qon o'tadi.

A) 1600 B) 17000 C) 1800 D)1700


40.1g gemoglobin qancha O2 ni biriktirib oladi.

A) 1,34 ml B) 0,34 ml C) 13,4 ml D) 1,3 ml


41.Yo'talish nafas yo'lining qaysi organlarida paydo boladigan qo‘zg‘alishlar bilan bogliq.

A)hiqildoq, kekirdak, bronxlar B) kekirdak,bronxlar,o’pka C) kekirdak,o’pka D)kekirdak, bronxlar
42.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarining ixtiyoriy boshqarilishi nima bilan bog‘liq.

A) CO2 B)bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismi C) uzunchoq miya D) orqa miya


43.Burun shilliq pardasining yallig’lanishi nima deb ataladi.

A) laringit B) faringit C) rinit D) zotiljam


44.. Tamaki tutuni tarkibida organizm uchun juda zararli zaharli moddalar qaysilar.

1.nikotin, 2.is gazi, 3.sinil, 4.sionid kislota, 5.benzopiren, 6.qurum



A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,5, C) 1,2,3,4,5,6 D)1,2,4,5

Yüklə 149,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin