2-ma’ruza reja: Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko‘rsatkichlari Dinamika o‘rtacha ko‘rsatkichlarini hisoblash yo‘llari



Yüklə 72,41 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü72,41 Kb.
#182705
  1   2   3   4
11 (1)

11- MAVZU: DINAMIKANI STATISTIK O‘RGANISh USLUBIYaTI (4-soat)

1-ma’ruza REJA:
1. Dinamika qatorlari, ularning tarkibiy unsurlari va turlari 2. Dinamika qatorlarini turlari

2-ma’ruza REJA:
3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko‘rsatkichlari 4. Dinamika o‘rtacha ko‘rsatkichlarini hisoblash yo‘llari
Asosiy tushuncha va atamalar

Dinamika, dinamika qatorlari, momentli va intervalli qatorlar, to‘la va chala qatorlar, mutloq qo‘shimcha o‘sish, o‘sish sur’ati, qo‘shimcha o‘sish sur’ati, 1 % qo‘shimcha o‘sish mutloq mohiyati, avtokorrolyatsiya.
1. Dinamika qatorlari, ularning tarkibiy unsurlari va turlari

Dinamika so‘zi grekcha “dynamikos” so‘zidan olingan bo‘lib, kuchga tegishli, kuchli degan lug‘aviy mazmunga ega. Bu atama harakat holatini, o‘sish yoki rivojlanishni anglatadi.
Hodisalarning vaqt ichida o‘zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Dinamika qatorlari ikki unsurdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar sanasi, ikkinchisi - ularga tegishli ko‘rsatkichlar. Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi statistik ko‘rsatkichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi.
O‘rganilayotgan rivojlanish vaqtining umumiy uzunligini oraliqlarga bo‘lib qarasak, har bir kesilish nuqtasi moment (muayyan on, payt, fursat) deb ataladi, bir momentdan ikkinchisigacha o‘tgan vaqt oralig‘i (yil, kvartal, oy, kun va h.k.) esa davr deb yuritiladi.
Hodisa me’yorini muayyan momentga nisbatan belgilasak, u holda uning zaxirasi, ya’ni shu on holatiga bo‘lgan miqdori (soni va h.k.) aniqlanadi. Agar hodisa me’yorini ma’lum davr uchun o‘lchasak, u holda uning muayyan vaqt oralig‘idagi oqimi, ya’ni ushbu davr davomidagi umumiy miqdori (hajmi va h.k.) aniqlanadi.
Zahira yoki resurs - hodisaning muayyan ondagi holati (soni), oqim - ma’lum vaqt davomida ro‘y bergan jarayon, hodisaning bu davr ichidagi miqdori
O‘rganilayotgan hodisaning vaqt momentlariga yoki davrlarga tegishli ko‘rsatkichlari qator darajalari deb ataladi va “U” orqali belgilanadi.

Har bir dinamika qatori boshlang‘ich U0 , oxirgi Un , muayyan oraliq Ui va o‘rta У darajalarga ega. Dinamika qatorlari uzoq muddatli tenden-siya, ayrim davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsu-miy o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlash-tirishi mumkin.
Dinamika qatori quyidagilar bilan harakterlanadi:

  • uzoq muddatli harakat yo‘nalishi, ya’ni umumiy asriy tendensiya;

  • qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar;

  • ayrim yillarga tegishli tebranishlar va mavsumiy o‘zgarishlar.

Statistikada dinamika ma’lumotlarini tarkibiy qismlarga (komponentlarga) ajratish va o‘lchash usullari hamda ularni hisobga olib kelajakda kutiladigan rivojlanish istiqbollarini baholash yo‘llari ishlab chiqilgan. Davriy qatorlarda o‘rtacha daraja arif-metik o‘rtacha shaklida hisoblanadi.
Dinamika qatorining ko‘rsatkichlari taqqoslama bo‘lishi kerak Dinamika qatorining ko‘rsatkichlari taqqos-lama bo‘lishi kerak. Dastavval ko‘rsatkichlarning taqqoslamaligini ta’minlash kerak. Buning uchun ular nafaqat bir xil o‘lchov birliklarida va aniqlik darajasida ifodalanishi, balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo‘lishi kerak.
Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko‘rsatkichlar tegishli vaqt uzunliklari teng bo‘lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang‘ich va oxirgi davr bir-biridan tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo‘lmasligi nazarda tutiladi. Makon jihatdan taqqoslamalik ko‘rsatkichlar teng chegarali hududlarga tegishli bo‘lishini anglatadi. Bundan tashqari, o‘rganilayotgan ob’yektlarni chegaralash tartibi va uning birliklarini aniqlash masalasi bir xil tarzda yechilishi kerak. Ko‘rsatkichlarni hisoblash ham yagona usulga tayanishi lozim. O‘rtacha mutlaq qo‘-shimcha o‘sish zanjir-simon mutlaq o‘sish-lardan oddiy arif-metik o‘rtacha hisob-lash yo‘li bilan aniqlanadi
2. Dinamika qatorlarini turlari

Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o‘zgaradi.
Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari - oqimlarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi. Davriy dinamika qatori - bu iqtisodiy oqimlar qatori, ma’lum davrlar ichida kech-gan jarayon natijala-rini ta’riflovchi ko‘r-satkichlar qatoridir.
Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko‘rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo‘lmasdan, balki o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog‘liqdir.
Dinamika qatorlarini boshlang‘ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko‘rsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy ko‘rsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va o‘rtacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.
3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko‘rsatkichlari

Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko‘rsatkichlar hisoblanadi:

  1. mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish);

  2. o‘sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati;

  3. qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati (foizda);

  4. 1% qo‘shimcha o‘sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati. Yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.


Yüklə 72,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin