MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Mavzu : Ta’limni tashkil etish turlari va shakillari.Dars ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida Bajardi : Doniyor Sadullayev
Reja : 1. Ta'limni tashkil etishning shakllari. 2. Darsga qo`yiladigan talablar. 3. Bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish
Ta'limni tashkil etishning shakllari.
Ta`limning tashkiliy shakllari o`quvchilar miqdori, o`quv ishlarini o`tkazish o`rni, vaqti, hamda o`qitish va o`qish faoliyatlarining amal qilishiga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Ta`lim yakka bir o`quvchi bilan o`tkazilsa, individual ta`lim sanaladi. Ta`lim o`quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, tayyorgarlik darajasini hisobga olib alohida-alohida o`quvchilar jamoalari bilan tashkil etilsa, guruhlar asosida o`qitish deb yuritiladi. Umumsinf ishi esa sinf jamoasiga mo`ljallanadi. Sinf-dars tizimi oldindan belgilangan xona, rejim asosida olib borilsa, ta`limning ayrim turlari, masalan, ekskursiya, maktabdan tashqari joyda tashkil etiladi. Ta`limning tashkiliy shakllarini atroflicha o`rganish ularning ta`lim metodlari, vositalari bilan taqqoslashni taqozo etadi.
Ta'limni tashkil etishning shakllari.
Ta`lim metod, vositalarini belgilashda yosh xususiyatlari, o`quv materiallarning mazmuni, murakkabligi, qiyinligi hisobga olinsa, ta`limning tashkiliy shakllarini tanlashda uning yaqin didaktik maqsadlari, vazifalariga tayaniladi.
Ta`lim metodlari, vositalari aynan olingan sharoitda qanday o`qitiladi, degan savolga javob berish imkoniyatini bersa, ta`limning tashkiliy shakllari qanday qilib, qaerda, qachon o`qitiladi degan savollarga javob tanlashni ta`minlaydi. Binobarin, ta`limning tashkiliy shakllari mazmun va hajm jihatdan keng kategoriya bo`lib, ular ta`lim metodlari vositalaridan quyidagicha farq qiladi.
Ta`lim metodlari, vositalaridan ta`limning tashkiliy shakllarida foydalaniladi, ta`lim prinsiplari bevosita o`quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shu jihatdan qaraganda, ta`limning tashkiliy shakllari ta`lim metodlaridan foydalanish, ta`lim prinsiplarini amalga oshirish obyekti-muhiti sanaladi.