Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1023
w www.oriens.uz May 2021 qiladi. Shularni e’tiborga holda elektron ta’lim talabalarga qulay tashkillashtirilgan
muhitda bilim olish imkonini beradi deb hisoblash mumkin. Elektron ta’lim
metodikasini ishlab chiqish elektron ta’limning masofali kurslari o’quv dasturlariga
muvofiq holda tizimli yondashgan holda yaratilishi, innovasion ta’lim
texnologiyalarini qo’llagan holda zamonaviy bilimlar va qarashlarga ega bo’lishini
talab etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR An’anaviy ta’limga zamonaviy texnologiyalar qaysidir jihatlarini yangilagan
hamda saqlagan holda kirib keldi va natijada ta’lim sohasida elektron ta’lim
tushunchasi paydo bo’ldi. Elektron ta’lim talabalarga bir marta yaratilgan
multimediya ta’lim kontentini interaktiv rejimda ko’p bora ishlatish imkoniyatini
beradi. Bunda talabalar nafaqat kontentni yaratish jarayonini kuzatishi, balki yaratishi
ham mumkin bo’ladi. Elektron ta’lim ta’lim kontentida ijtimoiy tarmoqlar, forumlar,
chatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari, ular sayt kontentini mukammalashtirishning
dinamik modelini ishlab chiqish imkonini beradi.
An’anaviy ta’lim tizimida darsliklar uch-to’rt yilda bir marta yangilanadi, lekin
elektron ta’limda elektron darsliklar har kuni yangilanadi hamda an’anaviy ta’lim
xususiyatlarini o’zida saqlagan holda, ixtiyoriy elektron ta’lim resursidagi
giperhavolalar orqali boshqa resursga o’tish imkonini beradi.
Elektron ta’limda o’qituvchi masofadan turib muloqot qilish usullarini
o’zlashtirishi kerak. Bu esa o’qituvchiga o’quv materiallarini yaratish, to’ldirish,
tahrirlash va nashr etish kabi ishlarni ham bajarish imkonini beradi. Buning natijasida
ma’ruzalar tashkil qilishning shakli o’zgaradi. An’anaviy ta’limdagi ma’ruzada
talabaga oldindan ma’lum bo’lmagan axborotlar beriladi, elektron ta’limda esa
barcha o’quv materiallari axborotni uzatishning turli formatlari ko’rinishida
tartiblangan holda talabalarga taqdim etiladi. Shuning uchun endi o’qituvchi
ma’ruzaga ijodiy yondashgan holda, talabalarga tayyorlanish uchun axborot
manbalarini berishi yoki talabalarning o’zlari qo’shimcha axborot manbalarini izlab
topishlari mumkin bo’ladi. Keyin ma’ruza yuzasidan muhokama o’tkaziladi.
Muhokama jarayonida talabalarning ma’ruza yuzasidan fikrlari ko’rib chiqiladi va
umumiy xulosaga kelinadi. O’qituvchi talabalarga mustaqil ish mavzularini ham
beradi [53] (Anarbayeva F.U. va b., 2020).
Elektron ta’lim o’zida ta’limning innovasion yondashuvini qo’llagan holda
ta’lim sifati va imkoniyatlarini oshirish uchun multimediya va internet-
texnologiyalarni qo’llashga asoslanadi. Ko’plab xorijiy ochiq va virtual universitetlar