Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1025
w www.oriens.uz May 2021 chiqadi-ki, elektron ta’lim metodikasini ishlab chiqishda didaktika muhim o’rin
egallaydi [31] (Ibraymov, 2020).
Elektron ta’limda ta’lim jarayoniga jalb qilishda elektron ta’lim rivojlantirish
metodlari ham ko’riladi, buni esa Nabi Y.A. o’z ishlarida quyidagicha ko’rsatib
o’tgan: “
Tizimli yondashuv . Tizimli yondashuv tizimning umumiy nazariyasi
vositalarini qo’llash bilan belgilanadi. Umuman olganda, tizimli yondashuv
metodologiyaning asosini tashkil etadi. Bu metodni innvasion tizimlarni
shakllantirish metodlari sifatida ham qarash mumkin.
Dialektik yondashuv . Ta’lim
jarayonida sodir bo’layotgan jarayonlarning dinamik xarakteri - bu ta’lim jarayoni
sub’ektlarining takomillashtirishga, eskisidan yangisiga o’tishga doimiy intilishi
natijasidir.
Ekspertli baholash metodlari . Tadqiqot metodikasi nafaqat nazariy
asoslarga, balki olingan natijalarni empirik tekshirishga ham asoslangan bo’lishi
kerak. Ishonchlilikni tekshirishning turli usullari: kuzatish, pedagogik eksperiment,
anketa va suhbatlar, ekspertli baholash va boshqalar pedagogikada asosli va keng
qo’llaniladi. Elektron ta’limning nazariy xususiyatlarini hisobga olgan holda,
kuzatish, pedagogik eksperiment va boshqa usullardan foydalanish imkonsiz bo’lib
tuyuladi. Ekspert baholash usuli anketa va intervyu asosida qo’llaniladi” [59] (
Nabi,
Yskak A. et al., 2017
).
Yuqorida keltirilgan ilmiy izlanishlar natijasida, elektron ta’lim metodikasini
quyidagi jihatlari bo’yicha ko’rib chiqish mumkin.
1. Elektron ta’limning umumiy masalalari. Bunda elektron ta’limni asosini
tashkil etuvchi masalalar ko’rib chiqiladi. Ularga quyidagi masalalar kiradi:
pedagogik masalalar, texnologik masalalar, pedagogik loyihalash, pedagogik
loyihalash maqsadi, pedagogik loyihalash xususiyatlari.
2. Elektron ta’limga jarayonli yondashuv. Bunda elektron ta’limni yaratish
jarayoni va uning pedagogik asoslari ko’riladi. Ularga quyidagilar kiradi: jarayon
modeli, jarayonli yondashuvni pedagogik loyihalash.
3. O’qituvchilarni tayyorlash. Elektron ta’lim sohasini tashkil etishda
o’qituvchilar faoliyati va kasbiy tayyorgarligi muhim o’rin egallaydi.
4. Elektron ta’limni tashkillashtirish shakllari. Elektron ta’limni
tashkillashtirishning quyidagi shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin: ma’ruza, amaliy
mashg’ulotlar, mustaqil ta’limni tashkillashtirish.
5. Elektron ta’limning faol usullari. Bunda elektron ta’limni tashkil etishning
faol usullari ko’rib chiqiladi. Ularga quyidagilar kiradi: pedagogik faoliyatga umumiy