Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1024
w www.oriens.uz May 2021 an’anaviy ta’lim shakllari bilan raqobatlashadigan elektron ta’lim tamoyili asosida
ishlaydi. Elektron ta’lim ta’lim shakli va muhitini talaba va o’qituvchining hoxishiga
ko’ra o’zgartiradi. Elektron ta’lim talabalarga qulay tashkillashtirilgan muhitda bilim
olish imkonini beradi.
Umuman olganda, metodika - bu o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish
bo’yicha tavsiyalar majmuasi hisoblanadi. Bundan esa, elektron ta’lim metodikasini –
elektron ta’limning barcha jabhalarini o’z ichiga olgan holda uni tashkiliy, tarkibiy
tuzilmasini ishlab chiqish hamda elektron ta’limning pedagogik boshqaruvini tashkil
etish deb ta’riflashimiz mumkin. Elektron ta’lim metodikasi bo’yicha hozirgi kunda
ko’plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda, xususan Buus L., Georgsen M., Olitayo P.,
Sergeyev S.F., Nabi Y.A., Ibraymov A.E. kabi olimlar bu sohada ko’plab izlanishlar
qilishgan.
S.F.Sergeyev o’z ishlarida elektron ta’lim metodikasini ye-didaktika sifatida
ko’radi. Uning nazarida, “samarali elektron ta’limni yaratish uchun texnologiya
yordamida pedagogning ish sohasini, vazifalarini va maqsadini modellashtirish
yetarli va bu texnika asrining yangi pedagogik voqelikdagi o’qitish metodikasi
to’g’risida murakkab fan - elektron didaktikaning asosini tashkil etadi” deb
hisoblaydi. Bundan esa elektron ta’limda faoliyat yurituvchi pedagog to’g’risida
quyidagi fikrlarni keltirib o’tadi, “hozirgi paytda kompyuterlashtirilgan ta’limga
o’tish axborot olamidagi ommaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq.
Tegishli bilimlarning paydo bo’lish darajasi ularni o’zlashtirish uchun ta’lim
tizimlarining imkoniyatlaridan ustun. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari orasida
malakali pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda muammolar yuzaga
keladi. Bunda ilk ko’riladigan mantiqiy yechim kompyuter vositasida ta’lim berish”
hisoblanadi. Bu bilan S.F.Sergeyev pedagoglar oliy ta’lim muassasasini bitirgandan
so’ng, avvalambor, ular o’z sohasi bo’yicha mutaxassis sifatida yetishib chiqishlarini,
elektron ta’lim sohasida esa yetarlicha bilimga ega bo’lmasliklarini, shuni nazarga
tutgan holda elektron ta’lim sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni
yo’lga qo’yish lozimligini aytib o’tadi. [85] (Sergeyev S.F., 2015).
Didaktika borasida A.E.Ibraymov quyidagicha ta’rif bergan: “Didaktika
o’qitishning umumiy qonun va qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga har bir
o’quv fanining o’qitish usullari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Didaktika butun
pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning nazariy
va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini bajaradi”. Bundan kelib