2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘G‘risida


VI. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va �larning infratuzilmasini yaxshilash



Yüklə 484,22 Kb.
səhifə13/16
tarix07.01.2024
ölçüsü484,22 Kb.
#206189
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2022 — 2026-YILLARDA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MILLIY DASTURNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

VI. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va �larning infratuzilmasini yaxshilash

34.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini birlamchi sport anjomlari bilan ta’minlash.

1. Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini birlamchi sport anjomlari bilan ta’minlash va jihozlashning manzilli dasturini ishlab chiqish.
2. Manzilli dasturga asosan talab etiladigan mablag‘larni ajratish, sport anjomlari xarid qilish va umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yetkazish.

2023-yildan boshlab, har yili

Davlat budjeti mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Ikramov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Kudbiyev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

35.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani xonalarining moddiy-texnika bazasini kuchaytirish va o‘quv maydonlari holatini yaxshilash.

1. Mavjud chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani xonalari va o‘quv maydonlarini xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil 1-iyun

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Mudofaa vazirligi
(Qurbonov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov)

2. O‘tkazilgan xatlovlar natijasida aniqlangan moddiy-texnika bazasi va holati yaxshi bo‘lmagan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani xonalari va o‘quv maydonlarini bosqichma-bosqich jihozlash.

2023 — 2025-yillar

36.

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi muassasalarda mavjud foydalanilmayotgan avariya holatidagi bino va inshootlarni buzish hamda atrofini obodonlashtirish.

1. Xalq ta’limi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2022-yil 1-iyun

Xalq ta’limi sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(Ortiqov),
Qurilish vazirligi
(Zokirov),
Ichki ishlar vazirligi
(Bobojonov)

2. Ishchi guruh tomonidan Xalq ta’limi tasarrufidagi muassasalarda mavjud foydalanilmayotgan avariya holatidagi bino va inshootlarni xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov natijalari asosida manzilli ro‘yxatni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

3. Manzilli ro‘yxatga kiritilgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda buzish hamda atrofini obodonlashtirish.

2022-yil 1-oktabr

37.

Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi sog‘lomlashtirish oromgohlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

1. Sog‘lomlashtirish oromgohlarini xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil iyul-avgust

-

Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Boboyev),
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi
(Rafikov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib oromgohlar moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-dekabr

38.

“Bolalar kutubxonalari” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarini “Elektron kutubxona” tizimiga ulash.

1. “Elektron kutubxona” tizimiga ulanadigan “Bolalar kutubxonalari” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarining reja-jadvalini tasdiqlash.
2. Reja-jadval asosida “Bolalar kutubxonalari” va umumta’lim muassasalari kutubxonalarini “Elektron kutubxona” tizimiga ulash uchun bosqichma-bosqich jihozlash.
3. “Bolalar kutubxonalari” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalari xodimlarida “Kutubxona kitob fondi va kitobxonlar ro‘yxatini yuritish” elektron platformasidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quvlarni tashkil etish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov)

39.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini davriy bosma nashrlar bilan ta’minlash.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini faqat xalq ta’limi yo‘nalishidagi davriy bosma nashrlar, xususan, “Ma’rifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Tong yulduzi”, “Klass!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallariga obuna qilish.

Doimiy

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga obuna uchun ajratilgan mablag‘lar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga
2-ILOVA

Yüklə 484,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin