2022 — 2026-YILLARDA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MILLIY DASTURNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova):
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son) Oldingi tahrirga qarang. a) 2024-yil 1-sentabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishini, shu jumladan 2022-yil yakuniga qadar 3-, 6-, 7- va 10-sinflar uchun, 2025-yilgacha — qolgan sinflar uchun darsliklar, mashq daftarlari hamda o‘quv qo‘llanmalar yaratilishini ta’minlasin;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son) b) maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlinedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali:
2022-yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta multimedia mahsulotlarini yaratsin;
2022-yil 1-sentabrga qadar 3-, 6-, 7- va 10-sinf o‘qituvchilarini Milliy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitsin;
v) pedagog kadrlar hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan bo‘shliqlardan, shuningdek, ota-onalar, ekspertlar va boshqa shaxslarning takliflaridan kelib chiqib, Milliy o‘quv dasturini doimiy ravishda takomillashtirib borsin.
Oldingi tahrirga qarang. 4. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish, shu jumladan davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quv dasturlariga o‘zgartirish kiritish hamda darsliklarni tanlashga (ona tili, adabiyot, tarix, tarbiya va huquq fanlaridan tashqari) ruxsat etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son) Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov):
bir oy muddatda davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish tartibini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda xalqaro tan olingan ta’lim dasturlari ro‘yxatini shakllantirsin hamda o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ularning o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilishga ko‘maklashsin, shu jumladan ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borsin hamda dasturlarni sotib olish va amaliyotga tatbiq etish uchun zarur mablag‘larni ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang. 5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan tashqari boshqa vazirlik va idoralarga umumiy o‘rta ta’limning o‘quv-rejalari va dasturlariga o‘zgartirish kiritish va maktablarda yangi fan joriy qilishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbus bilan chiqish taqiqlansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son) Vazirlar Mahkamasi vazirlik va idoralar tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan taqiqqa amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
6. Quyidagilar tashkil etilsin:
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari (keyingi o‘rinlarda — Pedagogika markazlari);
A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti negizida A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Milliy-tadqiqot instituti).
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (keyingi o‘rinlarda — Toshkent davlat pedagogika universiteti) hamda uning huzuridagi ta’lim va ilmiy tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilsin.
Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilansin.