2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 484,22 Kb.
səhifə3/16
tarix07.01.2024
ölçüsü484,22 Kb.
#206189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2022 — 2026-YILLARDA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MILLIY DASTURNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

Oldingi tahrirga qarang.
7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlarni kompetensiyalarga asoslangan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar (keyingi o‘rinlarda — zamonaviy metodikalar) bo‘yicha o‘qitish amaliyotini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda pedagog kadrlarni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish amaliyotini joriy qilish uchun:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
a) pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishida:
2022-yil 1-sentabrga qadar Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin;
2022-yil 1-iyulga qadar Pedagogika markazlari huzurida xorijiy mutaxassislar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda Pedagogika markazlarining malakali xodimlaridan iborat bo‘lgan trenerlar guruhlarini shakllantirsin;
2022-yil yakuniga qadar trenerlar guruhlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda kamida 20 foiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagoglar uchun zamonaviy metodikalarga asoslangan sayyor o‘quv mashg‘ulot va seminar-treninglar o‘tkazilishini ta’minlasin;
pedagog kadrlarning malakasini oshirishga bevosita jalb qilingan trenerlarga ularning ish faoliyati natijasiga qarab, oylik ish haqiga 100 foizgacha miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lab borsin;
2022-yil yakuniga qadar maktab o‘qituvchilari uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan qo‘shimcha individual malaka oshirish kurslarini joriy etsin;
b) ta’lim dasturlarini takomillashtirish yo‘nalishida:
zamonaviy metodikalarga asoslangan ta’lim dasturlari va darsliklarni xarid qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy qilish choralarini ko‘rsin;
2022-yil 1-avgustga qadar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Pedagogika markazlarining o‘quv-rejalari va dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqsin hamda xalqaro talablar asosida takomillashtirsin;
2023-yil 1-sentabrga qadar Respublika ta’lim markazi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda ta’lim jarayonini Milliy o‘quv dasturi asosida tashkil etishga qaratilgan metodikalarni ishlab chiqsin va ushbu metodikalarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, pedagogika yo‘nalishidagi professional va oliy ta’lim muassasalari hamda Pedagogika markazlarida joriy qilinishini ta’minlasin;
v) pedagog kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2 — 4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlarini, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tashkil etish choralarini ko‘rsin;
(7-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibini yo‘lga qo‘ysin;
Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining ilmiy-tadqiqot va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida dars jarayonlariga soha mutaxassislari va olimlarni jalb etsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2022-yil yakuniga qadar maktablarda zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish amaliyotini joriy qilish uchun Xalq ta’limi vazirligiga zarur mablag‘larni ajratsin.

Yüklə 484,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin