MUHOKAMA Тemuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi – ma’muriy-siyosiy
maqsadda bo‘lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi – shahar tashqarisidagi bog‘larda
qurilgan qarorgohlar bo‘lib, qabul marosimlari, majlislar o’tkazilgan va xordiq chiqarilgan.
Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo‘lib, toq va ravoqlari beqiyos bo‘lgan
4
.
Тemur va Ulug‘bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deyiladi.
Shuningdek, shahar tashqarisida Тemur o‘n ikkita bog‘ va saroylar bunyod ettirgan. Buyuk Amir
Tеmurning moddiy madaniyat bobidagi bunyodkorlik faoliyatini uning avlod-ajdodlari, birinchi
navbatda Ulug‘bеk (1394—1449) davom ettiradi. Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur
Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) – buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli
allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va
sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni
hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.
Ulug’bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta’»,
210 gumbazli Ko’kaldosh jom’e masjidi qad ko‘tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar,
Shahrisabzda Ko‘kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida
qurildi. XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Хo‘ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy
maqbaralari bunyod qilindi.
5
Ulug‘bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq
fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq ko‘rinadi (Shohizinda, Ahmad Yassaviy,
Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki
qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi geometrik
tuzilmalarning aniq o‘zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida
baravar amalga oshirilgan.
4
Qodirov B. Amir Temur madaniyat va ilm-fan homiysi. “Ijodiy parvoz” gazetasi, 4 (60)-son, aprel, 2018
.
5
Normatova Sh.Jahon adabiyoti: Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma. – T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008 – 96 b.
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL