2022 № 2 78
Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida
bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug‘bek davri me’morchiligida bezakda ko‘p
ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga,
xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan. Koshin qatamlarida
tasvir mavzusi kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri
uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va Ulug‘bek davrida bino ichining bezagi ham
xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Тemur davrida
qurilgan binolarda ko‘k va zarhal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug‘bek
davrida Хitoy chinnisiga o‘xshash oq fondagi ko‘k naqshlar ko‘p uchraydi.
Temuriy hukmdorlar orasida ayniqsa, Ulugbek bobosi Temur kabi mamlakatda qurilish
ishlariga katta ahamiyat beradi. U hukmdorlik qilgan davrda bir qancha masjid, madrasa,
honaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroylar quriladi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etiladi.
Avvalo u Temur davrida qurib bitkazilmagan talaygina binolarni oxiriga yetkazadi. Go‘ri
Amirning kirish peshtoqi, Shohizinda ansamblidagi ba’zi maqbaralar, Shahrisabzdagi
Ko‘kgumbaz masjidi, Yassidagi Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan binolar shular
jumlasidandir.
XIV-XV asr me’morchiligida imoratlarni o‘ziga xos yangi ma’lum maqsadga qaratilgan
yechimlar asosida qurish bilan birga, ularni bezashda ham yangi usullar qo‘llaniladi. Binolarning
peshtoqlari va xonalarning ichki devorlari qabartma rango-rang parchinlar, oq yoki zangori rang
ustiga zarhal berilgan islimiy naqshlar, ba’zan esa epigrafik yozuvlar bilan pardozlanadi.
Bu davr me’morchiligi va amaliy san’atida asriy an’analar yanada takomillashtirilib,
yuqori darajali ma’naviyatni anglatuvchi o‘ziga xos uslub yaratiladi. Bu uslubda bino qilingan
imoratlar o‘zining uyg‘unligi, qismlarining mutanosibligi, rang-barangligi va tantanali manzara
kashf ettiruvchi vositalari bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, o‘zining mukammalligi, yetuk shakli
nafisligi va go‘zal naqshlari bilan kishini mahliyo etuvchi XIV-XV asrlar qurilish san’atining
ajoyib durdonalari minglab kishilar mehnatining mahsulidir. Ularda xalq ichidan yetishib
chiqqan mohir me’mor, naqqosh va bannolarning aql-idroki, mahorati va qurilish sohasidagi
ko‘p asrli tajribasi o‘z ifodasini topgan. Bu me’moriy obidalarning muhandisu tarrohlari
go‘zallikning obyektiv qonunlarini chuqur bilganlar, o‘z ijodlarida davrning g‘oyasi va ruhini
bera olganlar. Ularning me’moriy usuli, naqshi, o‘ziga xos xislat va fazilatlari beqiyos va
takrorlanmasdir.
XULOSA Mirzo Ulug‘bеk dovrug‘ini jahonga tanitgan ulkan qurilishlardan yana bittasi 1420—
1429 yillarda qurib bitkazilgan ulkan va xashamatli bino – Ulug‘bеk rasadxonasidir. Ulug‘bеk
bu rasadxonaning dunyoda shu paytgacha bor bo‘lgan barcha rasadxonalardan ulug‘ va har
tomonlama ustun bo‘lishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Darhaqiqat, Ulug‘bеk
rasadxonasining o‘z davrida qiyosi yo‘q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonali qilib
quriladi. Aylanasi 47, balandligi esa 31 mеtr atrofida edi. Rasadxona qurilishiga Ulug‘bеkning
shaxsan o‘zi, u yo‘q paytlarda Qozizoda Rimiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar
boshchilik qilishadi. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bеzatiladi. Rasadxona etagida
Mirzo Ulug‘bеk bobosi Amir Tеmur an’anasiga ko‘ra ikkita bog‘ qurdiradi. Ularning biri Bog‘i
maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog‘i maydon o‘rtasida qurilgai bino ikki
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL