ADABIYOTLAR SHARHI Qonun va huquqiy normalarni amaliyotga tadbiq etish va fan sohasi sifatida joriy qilish
masalalari qadim tarixga borib taqaladi. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarni “Islom renessansi”, ya’ni
“Islom uyg‘onish davri”deyilishi buning yorqin misolidir.
Ubaydulloh ibn Mas’ud Buxoriy bobomiz o‘zining asarlarida “qonunlar nazariyasi”ga
alohida e’tibor qaratadi. U kishi qonunlar yaratilishidan oldin uning nazariyasi o‘rtaga
tashlanishi, uzoq yillarga mo‘ljallangani va mavjud huquqiy muammolarni yechimini manbalar
orqali ko‘rsatishi lozim, deb hisoblaydi.
Sharq olimlarining fiqh ilmiy merosidan izchil va unumli foydalanishgan. Masalan,
Sh.L.Monteske (1689-1755 yy.) huquqiy tizimning mustahkamligi bevosita qonunlarning sifati,
ta’sirchanligi va ijrosiga bog‘liq, deb takidlagan. Uning qarashlariga ko‘ra qonun uslubi sodda va
aniq, dabdaba va jimjimadorlikdan xoli bo‘lishi lozim. Qonundagi tushunchalar aniq bo‘lishi, har
xil talqin qilish imkoniyatini istisno etishi kerak.
Shu bilan birga yuridik va umumiy huquqning tarkibi va bevosita obekti sifatida
fuqarolik huquqlarini himoya qilish masalalari ham mavzuga aloqadorlikga egaligini etirof etish
joiz. Ushbu masalalar bo‘yicha soha olimlaridan A.P.Sergeev, V.G. Smirnov,
Ye.A.Krashennikov, N.D.Egorov, O.S.Ioffe, V.P.Gribanov, V.G.Smirnov, M.Ya.Krillova,
M.P.Ring, M.G.Rozenberg, O.A.Krasavchikov, Yu.K.Tolstoy, Yu.K.Lebedevalar tomonidan
tadqiqot ishlari olib borilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL Yuridik fan va huquq amaliyoti muammolarining tahlili borasida qator muammolarni
metodik jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir:
➢
Hozirgi kunda yuridik fanlar bo‘yicha chiqarilgan ilmiy monografiya, risolalar,
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar sifati jiddiy nazorat qilinishi lozim. Chunki biz tayyorlayotgan
yuridik kadrlarga ta’lim berishda ushbu darslik va o‘quv qo‘llanmalar foydalanish uchun sifatli
va foydali bo‘lishi lozim. Ba’zi bir olimlar tomonidan tadqiqot ishlariga loqayd munosabatda
bo‘lib, xorijiy davlatlarda chop etilgan ilmiy va o‘quv adabiyotlarini tarjima qilib, o‘z nomidan
chop etish holati kuzatilmoqda. Ushbu mualliflar tartibga chaqirilishi, ularga tegishli ta’sir
choralari ko‘rilishi mamlakatimiz huquq fanining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Lekin ushbu vaziyatda mualliflar ushbu xorijiy adabiyotlar va manbalarni o‘rganib, tarjima qilib,
qiyosiy tahlilni amalga oshirib tadqiqot amalga oshirsa, ushbu monografiya, risolalar, darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalar yetishib chiqayotgan yuridik kadrlar uchun juda foydali va kerakli manba
bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
➢
Malakali huquqiy soha kadrlarni amaliyot talabidan kelib chiqib tayyorlash masalasi
bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda yuridik fanlar bilan
amaliyot aloqasini mukammal yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalarimizdan biri sifatida qaralmog‘i