2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
115 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
dunyoviy ilmlarni o’rganish haqidagi ta’limotlari, ta’lim-tarbiya haqidagi 
mulohazalari va tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmatlari dunyo taraqqiyotida o’ziga 
xos o’rinni egallaydi. Zamondoshlari Ibn Sinoni “Shayx ar-rais” (“Donishmandlar 
sardori, allomalar boshlig’i”); “Sharaf al-mulk” (“O’lka, mamlakatning obro’si, 
sharafi”), “Hujjat al-haqq” (“Rostlikka dalil”); “Hakim al-vazir” (“Donishmand, 
tadbirkor vazir”) deb ataganlar. Ibn Sinoning bolaligidagi bir voqyea. Uzuk voqyeasi: 
Abu Ali ibn Sinoning onasi uni chaqaloqligida cho’miltirayotganida qimmatbaho 
uzugini yo’qotib qo’ygan ekan. U uzugini ko’p qidiribdi. Lekin hyech qayerdan topa 
olmabdi. Keyin uni kanizak olgan, deb gumon qilib, bechora kanizakni rosa 
kaltaklashibdi. Kanizakni urishayotganda Abu Ali yig’lay boshlabdi, kaltaklashdan 
to’xtashsa, chaqaloq ham yig’idan to’xtabdi. Hamma bundan ajablanib, uzukni 
yo’qoldiga chiqarishibdi. Ibn Sino tilga kirganida, birinchi aytgan gapi shu bo’libdi: 
Sizlar o’sha vaqtda kanizakni nohaq urgan edinglar. Onam meni cho’miltirayotganda, 
uzugi tog’oraga tushib ketgan edi. U tog’orani ag’darganida uzuk ham suv bilan birga 
kir o’raga tushib ketgan. Mening tilim chiqmaganidan, sizlarga aytolmagan edim. 
Kanizakni urganinglarda yig’lab, to’xtatganlaringda yig’idan to’xtashimning sababi 
shu edi. Shundan keyin o’rani kavlashgan ekan, uzuk topilibdi. Bu voqyeani 
eshitganu bilganlar Ibn Sino zehniga qoyil qolishgan ekan. Bemorlarni davolashdagi 
qo’llagan usullari haqidagi rivoyatlar. “Men ho’kizman”: Buxorolik bir kishi kasal 
bo’lib, “Men ho’kizman, meni so’yinglar” deydigan bo’lib qolibdi. Kasalning 
qarindosh-urug’lari buni Abu Ali ibn Sinoga aytishibdi. Abu Ali kasalning oldiga 
qassob bo’lib kelibdi va “Qani so’yadigan ho’kizinglar!”- deb baqiribdi. Bemor uning 
oldiga chopib borib, “So’yiladigan ho’kiz menman”, debdi. Abu Ali darrov 
bemorning qo’l-oyog’ini bog’latibdi, so’ng qo’lida pichoqni o’ynatib, bemorning 
biqinidan ushlab ko’ribdi-da: -Ho’kizimiz semiz demabmidilaring, bu juda oriq-ku, 
buni men hozir so’ymayman, sal semirsin, keyin so’yaman, debdi. Bemor bu gapni 
eshitib: “Qani menga ovqat beringlar, men semiray” deb ovqat talab qilaveribdi. Abu 
Ali Ibn Sino bemorning oilasiga dori qoldirib, uni ovqatiga qo’shib, bemorga berishni 
uqtiribdi. Uydagilar shunday qilishibdi. Natijada bemor hademay tuzalib ketibdi. 
Keyinchalik Abu Ali Ibn Sino bemorning uyiga kelib: - Semirgan ho’kizinglar qani, 
so’yib beray, debdi va sog’aygan bemorga ko’zi tushib: - E, ancha semiribsan-ku, 
endi so’ysa bo’ladi, debdi. Bemor tabibning gapidan juda taajjublanibdi va: Meni 
so’yadiganning boshi o’nta, tegib ko’rchi, menga, deya do’q uribdi. Yig’ilgan 
qarindosh-urug’larning hammasi avvalgi voqyeani eslab xoxolab kulib yuborishibdi. 
Ishq dardiga chalingan qizni davolashi. Rivoyat qilishlaricha, bir shohning qizi betob 
bo’lib qoladi. Tabiblar uni davolay olmadilar, shunda Ibn Sinoga murojaat qildilar. 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin