2022 pirimqul qodirovning “yulduzli tunlar” asaridagi qahramon obrazlar tavsifi sultonova Ugilshod Saitmuradovna



Yüklə 64,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü64,82 Kb.
#205042
1   2   3   4   5   6
pirimqul-qodirovning-yulduzli-tunlar-asaridagi-qahramon-obrazlar-tavsifi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
429 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
“Bobur o‘z diniy e’tiqodini e’zozlab, mashoyix va dindorlarni izzat-u ehtirom 
qilsa-da, ularni o‘z siyosiy muammolariga doxil bo‘lishlariga imkon bermas va 
firqaparastlik xususidagi maslahatlarni qabul etmasdi. U, shuningdek, mazhab, tabaqa 
va boshqa ixtilofli masalalarning saroyda tarqalishiga izn bermasdi. Garchi Bobur 
taqvoli musulmon bo‘lsa ham, mazhabiy «junun»ga moyil emas edi. Ha, hukmdor 
hind va afg‘on amir - lari salohiyatiga u qadar e’timodi bo‘lmasa-da, ularga doim 
munosib muomala qilib, do‘stona munosabatda bo‘lardi... Bobur nainki mamlakatda 
siyosiy ahvolni o‘zgartirdi, balki saltanatni g‘arbiy viloyatlar bilan birlashtirdi. 
Kushon rojaliklaridan keyin Afg‘oniston va Hindistonning o‘zaro aloqalari uzilgan va 
sobiq «Turk sultonlari» hukmronligida chegaralar qarovsiz holga tushgan edi. Bobur 
esa Afg‘oniston va Hindiston o‘rtasida o‘z saltanatini barpo qilib, so‘ng o‘rtadagi 
shimoliy va janubiy chegaralarini mustahkamladi. Qachonlardir jang-u jadal maydoni 
bu sarzamin savdo-tijorat hamda madaniy-ma’rifiy markazga aylandi»1 
Asar faqatgina Bobur hayotiga bag’ishlanmay balki oddiy qora xalqning 
kechmishlarini ham tasvirlab bera olgan, shuni hisobga olib asar quvalik oddiy 
dehqon farzandi bo’lgan Tohir va Robiyaning sevgi qissasi bilan boshlanadi. Quvaga 
yov bostirib kelayotgani xabari berilganda xalq sarosimaga tushadi ammo jangchilar 
dushmanlarga hech narsa qila olishmasliklarini anglab Tohir hamda do’stlari kelishib 
tunda hech kim yo’qligidan foydalanib Quvaga kirish yo’lidagi Quvasoy ko’prigini 
arralab, qanotlarining ancha joyini sindirib tashlashadi. Tongga yaqin dushman 
askarlarining ba’zilari ko’prikdan siyrak saf bilan o’tib ketishadi ammo ulardan keyin 
kelayotgan saflari juda qalin bo’lganligi tufayli ko’prik sinib ketib ko’p sonli 
jangchilar va tuyalar soyda oqib ketadi. Ko’prik hodisasi sabab dushman tomon ko’p 
talafot ko’radi va sulh taklif qilishga majbur bo’ladi. Ne- ne beklarning qo’lidan 
kelmagan xaloskorlik qalblari vatanparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan tavakkalchi 
yigitlarning qo’lidan kelgani hammani hayratga soladi va haqiqiy qahramonlik 
nimaligini, yurtga, tug’ilib o’sgan makonga bo’lgan muhabbat qanday bo’lishini 
oddiy tuyulgani bilan katta jasorat talab qiladigan fidoiylik bilan ko’rsatib berishadi. 
Umarshayx vafotidan keyingi toj-u taxt tashvishlari Boburni tinimsiz fikrlashga 
va izlanishga majbur qildi. Mana shunday og’ir sharoitda ham u zo’ravon beklardam 
biri Ahmad Tanbalning Xonzoda begim bilan turmush qurmoq istagiga qarshi chiqdi, 
chunki Tanbal yomon beklardan bo’lib Boburga qarshi tomonda ot surar, ichki 
nizolarni keltirib chiqarar edi lekin Bobur Tanbalga rad javobini bersa ichki 
kurashlarni avj olishi va ba’zi beklarning unga qarshi bo’lib qolishini bilib turib ham
o’z opasi Xonzoda begimning istagiga qarshi borolmadi va opasini bekning 
tajovuzidan qutqarib qoldi, chunki Begimning ko’ngli boshqa birovda edi. Bu yerda 



Yüklə 64,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin