Kirish Bizga ma’lumki ko’phadlar nazariyasi algebra va sonlar nazariyasi fanining muhim rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa ko’phadlar nazariyasining simmetrik ko’phadlar bo’limi salohiyati va amaliy qo’llana bilishi jihatidan muhim kasb egallaydi. Bu bitiruv malakaviy ishda asosan ko’phadlar va uning tarkibiy qismi bo’lgan simmetrik ko’phadlar va simmetrik ko’phadlarning amaliy ahamiyati haqida fikr yuritilad.
Mavzuning dolzarbligi: Malumki , biz elementar matematika kursida va algebra va sonlar nazariyasi fanini o’rganganda chiziqli algebraik tenglamadan to to’rtinchi darajali algebraik tenglama va tenglamalar sistemasini yechishni qarab chiqqan edik. Ammo yuqori darajali tenglamalar yoki tenglamalar sistemasini yechish esa ancha qiyinchiliklar tug’dirishini ham bilamiz. Bu haqda hatto buyuk Norvegiyalik matematik Nils Abels o’zining quyidagi qimmatli fikrini bayon qilgan edi, ya’ni “ beshinchi va undan yuqori darajali tenglamalarni cheksiz sondagi amallar : qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish va ildizdan chiqarish yordamida yechish formulasi mavjud emas “. Bu bitiruv malakaviy ishda asosan yuqori darajali tenglamalar sistemasini yechishda tenglamalar darajalarini simmetrik ko’phadlar, simmetrik funksiyalar yordamida pasaytirib yechish ishning asosiy dolzarb vazifasi qilib belgilangan.
Mavzuning maqsadi va vazifalari: Yozilgan bu bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi bir noma’lumli va ko’p noma’lumli ko’phadlarni har tomonlama chuqurroq o’rganish, hamda ko’p noma’lumli ko’phadlarning bir turi bo’lgan simmetrik ko’phadlar va ularning simmetrik funksiyalari yordamida asosan yuqori darajali tenglamalar sistemasini yechishda qo’llash, ya’ni sistemadagi tenglamalar darajalarini pasaytirish asosida sistemani yechishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Umuman olganda simmetrik ko’phadlarning elementar matematikadagi tadbiqlarini o’rganishni o’z oldiga vazifa va maqsad qilib qo’ygan.
Bitiruv kurs ishining ilmiyligi va amaliy ahamiyati :
Ushbu kurs ishning mavzusiga oid barcha adabiyotlarni to’plash va shu vaqtgacha to’plangan bilimlar asosida ko’phadlar nazariyasi, ayniqsa simmetrik ko’phadlar hamda ularning elementar matematikadagi tadbiqlarini yanada mukammalroq o’rganish katta ahamiyatga ega bo’lib, bu esa kelajakda ko’phadlar va ularning tadbiqlarini ilmiy nuqtai nazardan yanada atroflicha o’rganishda va tasavvur hosil qilishda katta ahamiyatga ega bo’ladi deb o’ylayman.
Fan va texnikada uchraydigan ko'pgina masalalar oxir- oqibatda ko'phadning ildizlarini va haqiqiy ildizlar sonini hamda ularni joylashish oraliqlarini topishga keladi. Shu sababli ham ko'phadning haqiqiy izlari sonini aniqlash va ular joylashgan oraliqlarni topish oily algebraning muhim masalalaridan birini tashkil etadi.