Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
428
w
www.oriens.uz
February
2022
topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi. Lekin mustabid
tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar davomida o‘sha
zalvarli yukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim. Bobur mirzo temuriylar
sulolasini
halokatdan
qutqarib, asrdan-asrga,
mamlakatdan-mamlakatga
olib
o‘tganligi, bu ulug‘ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiq davr surganligi
o‘sha yillardayoq dilimda hayrat va iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan edi", deb yozadi adib
roman so'zboshisida. Bu asar Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib
ketishi, Temuriylar
sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib,
bir-birlariga qilich ko'targan og'a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks
ettirilgan.
voqealari
orqali
Roman
o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar,
fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida
behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli
va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani
bilan tanishadi.
Roman ikki qismdan iboratligi, birinchi qismda Movarounnahr
voqealari, ikkinchi qismda Afg’oniston, Xuroson va Hindistonda bo’lgan hodisalar
aks etishini Bobur shaxsiyati birlashtiradi. Syujet,
kompozitsiya va qahramon
hayotining bunday dedektiv xususiyati qiziqarli va nishob ekanligi uning o’ziga xos,
ziddiyatli dialoglar, nafis, halokatli tasvirlar va psixologik monologlarni kashf qiladi.
Avvalgi muvaffaqiyatsizlik va keyingi muvaffaqiyatlarning sabablari yorqin
ko’rsatiladi.
Adib 80-yillarda „Yulduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish,
Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida
hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“romanini yozgan.„Yulduzli tunlar“ dunyoning bir
necha tiliga,
jumladan, rus,qoraqalpoq, qirgʻiz, qozoq, urdu, turkman, hind hamda
bengal tillariga tarjima qilingan.
Zahiriddin Muhammad Bobur 14 fevral 1483-yildaAndijonda tugʻilgan va Amir
Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning eng katta o’g’il
farzandi edi. Boburning onasi — Qutlug‘ Nigorxonim o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib,
Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan,
harbiy yurishlarida
unga hamrohlik qilgan. Bobur otasi Umarshayxning erta o’limi tufayli 12 yoshda
taxtga chiqdi.
Boburning birgina maqsadi bobosi Amir Temur barpo etgan davlatni qayta
tiklash va u bu yo’lda avvalo ko’hna shahar Samarqandni bosib olishga harakat qila
boshladi. Samarqandni qo’lga kiritish yo’lida olib borilgan
bir nechta janglardan
so’ngina Bobur Samarqandni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi.