Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1001
w www.oriens.uz March 2022 biri bilan kvalifikatsiya qilinadi. Demak, Rossiya jinoyat kodeksida alohida
qimmatga ega bo‘lgan hujjatlar va obyektlar jinoyatning maxsus obyekti sifatida
mustaqil modda bilan qo‘riqlanadi va bu o‘z navbatida qilmishni o‘g‘rilik, talonchilik,
firibgarlik kabi jinoyatlarni nazarda tutuvchi moddalar bilan qo‘shimcha
kvalifikatsiya qilishni taqozo etmaydi.
Moldova davlatining jinoyat qonunchiligini o‘rganganimizda,
milliy
qonunchiligimizga o‘xshash jihatlar bilan bir qatorda, muayyan farqlarga ham duch
keldik. Jumladan, Moldova Jinoyat kodeksida jinoyat tarkibining ahamiyati alohida
modda bilan mustahkamlangan. Kodeksning 15-moddasiga ko‘ra, “Jinoyatning
ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyat tarkibining elementlari: obyekt, obyektiv tomon,
subyekt va subyektiv tomonni tavsiflovchi dalillarni tahlil qilish orqali aniqlanadi”
[8]. Bundan shuni tushunish mumkinki, qilmishni nafaqat jinoyat deb topish, balki
uning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib, muayyan modda bilan kvalifikatsiya
qilish jarayonida ham jinoyat tarkibi elementlari markaziy o‘rin tutadi. Moldova
Jinoyat kodeksining 17- va 18-moddalarida subyektiv tomonning zaruriy belgisi
sifatida ayb shakllari, ya’ni qasd va ehtiyotsizlik tushunchalarining mazmuni ochib
berilgan. Bundan tashqari, xuddi O‘zbekistonda bo‘lgani kabi Moldova Jinoyat
kodeksida ham murakkab aybli jinoyatlar mavjud bo‘lib, ular “Aybning ikki xil
shakli orqali jinoyat sodir etish” termini bilan yuritiladi va kvalifikatsiyada bitta
jinoyat sifatida baholanadi. Moldova Jinoyat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra, “Agar
qasddan sodir etilgan jinoyat mazkur qonunda og‘irroq jazo nazarda tutilgan og‘ir
oqibatlarga olib kelsa va bu og‘ir oqibatlar jinoyatchining qasdi bilan qamrab
olinmagan bo‘lsa, bu oqibatlar uchun jinoiy javobgarlik faqat shaxs ijtimoiy xavfli
oqibatlarni oldindan ko‘rgan, ammo uning yuz bermasligiga asossiz ravishda
ishonganda yoki ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘rmagan bo‘lsa-da, vaziyatga
ko‘ra ko‘rishi mumkin va lozim bo‘lgandagina kelib chiqadi. Natijada, bu jinoyat
qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi”. Ushbu normaning mazmuni O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksi 23-moddasining mazmuni bilan bir xildir. Demak,
murakkab aybli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish amaliyoti O‘zbekiston va
Moldovada o‘xshash, deyishimiz mumkin. Jinoyatning umumiy subyekt yoshi 16
yosh, ayrim jinoyatlar (ularning ro‘yxati Moldova JK 21-moddasining 2-qismida
keltirilgan) uchun esa 14 yoshdan ham javobgarlikka tortish mumkin. Eng diqqatga
sazovor jihati shuki, Moldova Jinoyat qonunchiligi yuridik shaxs uchun ham jinoiy
javobgarlikni belgilagan. Kodeks 21-moddasining 3-qismiga ko‘ra, “Jamoa
boshqaruviga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxs quyidagi holatlardan birontasi
mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlikka tortiladi: