252
“KOMPYUTER TARMOQLARINING BUGUNGI HAYOTIMIZDAGI O'RNI VA
AHAMIYATI”
Mexmonova Nafisa Karomatovna
Gafurova Nozigul Saloxiddinovna
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi Informatika va axborot texnologiyalari fani
o’qituvchilari
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda
yechish uchun komyuterlarni bir-
biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi.
Kompyuterlarni bir-
biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan
juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida
bog‘lanadi.
Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar
yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari
yordamida bog‘lanadi.
Bir-
biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter
tarmog‘ini tashkil etadi.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilm
alarning ma’lumot
almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuasi.
Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar
kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda
hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi
kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida
kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikasiya kanallari
orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar -
o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va
mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikasiya (kabelli, si
msiz, sun’iy yo‘ldosh)
aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.
Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi.
Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda
ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish
imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani
253
bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi)
birgalikda foydalanish, hamda b
utun dunyo kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan
Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin.
Tarmoq taqdim etadigan hizmatlar. Kompyuter tarmoqlari axborotlarni elektr
signallari ko‘rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar
biror maqsad
ga erishish uchun quriladi, ya’ni bog‘langan kompyuterlar orqali biror
masalalami yechish uchun ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga quyidagilami
misol tariqasida keltirish mumkin:
Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy
kompyu
terning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o‘z ma’lumotlarini asosiy
kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin;
Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o‘z ma’lumotlarini
xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog‘ozga chop qilishi mumkin;
Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat
joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa
xizmatlardan foydalanishi mumkin;
Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan
barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda
o‘zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
Tarmoq har doim bir nechta komp’yuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‘z
axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul
qilish komp’yuterlar o‘rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har
qanday tarmoqda axborot almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa o‘z navbatida
kompyuterlar o‘rtasidagi axborot to‘qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf
qiladi.
Kompyuterlar
tarmoqlari
tashkil
etilgandan
so‘ng
undagi
barcha
kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir
kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi.
Jo‘natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo‘natish jarayoni kabi uzatuvchi
va qabul qiluvchi manzillari ko‘rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir kompyuter
kelgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini o
‘zining manzili bilan solishtiradi, agar
manzillar mos kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul qilib
olganligi to‘g‘risida tasdiq yo‘llaydi. Xuddi shu tariqa kompyuterlararo axborot
almashiniladi.
Manzil tushunchasi. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida
quyidagi fikrlarni keltirish mumkin:
254
Manzil kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritish-chiqarish
qurilmalari portini, hisoblash tarmog‘i kompyuterlarini hamda boshqa ma’lumot
manbalarini yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi.
Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi yoki
jo‘natuvchilarni aniqlovchi ma’lumotlar ketma-ketligi.
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi.
Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning
uzatilish tezligini belgilaydi.
Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning
o‘lchov birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov
birliklari mavjuddir, bular:
Bit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
Kbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan
bitlar soni;
Mbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab
yaxlitlangan bitlar soni;
Gbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab
yaxlitlangan bitlar soni.
Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan
axborot hajmi bilan belgilanadi
. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish
qobilyatini anglatadi.
21 asr
– axborot texnologiyalari taraqqiyoti asri. Bugungi kun taraqqiyotini
jahon axborot tarmog‘i-internetsiz tasavvur qilish mushkul.
Ma’lumki, internet-axborot va hujjatlarning o‘zaro almashinishini ta’minlaydigan
kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan xalqaro tizimdir.
Internet keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Uydan ko‘chaga chiqmay turib global
tarmoq orqali dunyo kutubxonalari bo‘ylab sayr qilib, kurrai zaminning narigi
chekkasi
da joylashgan oliy ta’lim muassasasining masofaviy (virtual) talabasi
bo‘lish, hatto elektron xizmatlarni (matnlarni tarjima qilish, video va
audiomahsulotlarni tayyorlab berish, kitob va risolalarni sahifalash va hokazo)
shartnoma orqali bajarish, pul ishlab topish mumkin. Xullas, internetning ijobiy
jihatlari bisyor.
Ijtimoiy tarmoqlar yoki messennjerlarning qulayligi-chi? Onlayn konferensiyalar
o‘tkazish, onlayn malaka oshirish, yaqinlar va tanish-bilishlar bilan tez, arzon video
yoki audiomuloqot qilish.
Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga
ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero
255
unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari
va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan
bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib
bormoqda.
Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada
mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda:
internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim
aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining
tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet
axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlaridir.
Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushoxada, taxlil qilish qobilyati va xotiraning
o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda.
Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va
insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi
hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash
har jihatdan o'rinlidir. Mana shu jihatlari bilan internet keyingi paytlarda
jozibadorlikda televideniye, radio va boshqa axborot vositalarini ortda qoldirmoqda.
Xulosa
Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik
avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati,
virtual madaniyat, axborot madaniyati, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish
madaniyati kabi tushunchalar hayotimizdan o‘rin egalladi. Yoshlarda internet
olamida o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilash va foydalanuvchilar bilan to‘g‘ri muomala qilish,
virtual olamdagi axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish malakasini shakllantirish davr
talabidir.
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi
yo'naltirilgan bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot
olamidagi glaballashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini
hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |