Mavzu. Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Simli va simsiz tarmoq
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI FARMATSIYA FAKULTETI KASBIY TA’LIM YO’NALISHI 102-A GURUH TALABASI SHUKURALIYEV AKMALJONNING FIZIKA VA MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNALOGIYALAR KAFEDRASI FARMASEVTIKADA INFARMATSION TIZIMLAR FANIDAN 6- MAVZU BO’YICHA TAYYORLAGAN HISOBOTI Bajardi Batirova H _____ Tekshirdi Baydullayev.A _____ Toshkent 2020 Mavzu.Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Simli va simsiz tarmoq Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir -biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi: 1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog'lanadi. 2. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog'lanadi. Bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog'ini tashkil etadi.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan
aloqa kanallari bilan o'zaro bog'langan majmui. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab
beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik
joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |