2023-yil 31-avgust
06-06/3-2098-son
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi
vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar
maktabgacha va maktab ta’limi
boshqarmalari boshliqlariga
Vazirlikning 2023-yil 25-avgustdagi
06-06/3-2054-sonli xatiga qo‘shimcha
Vatanimiz istiqloli, xalqimiz ozodligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon
hayotini ta’minlash yo‘lida mardonavor kurash olib borib, aziz jonlarini fido qilgan
va qatag‘on qilingan ma’rifatparvar ajdodlarimiz xotirasini yanada abadiylashtirish,
ularning ilmiy, ijodiy me’rosini targ‘ib etish maqsadida ta’lim tashkilotlarida
oʻtkaziladigan “Mustaqillik darsi”ni tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etilgan
namunaviy o‘quv reja va dars ishlanmasiga qo‘shimchalar kiritildi (ilova qilinadi).
Sizdan ushbu xat bilan yuborilayotgan ilovani barcha ta’lim muassasalariga
yetkazish hamda “Mustaqillik darsi”ni tavsiya etilgan namunaviy o‘quv reja va dars
ishlanmasi asosida tashkil etilishini nazoratga olish;
joriy yilning 4-sentabr kuni umumta’lim maktablarida o‘tkaziladigan
“Mustaqillik darsi” doirasida qatag‘on qurbonlarining jasoratini, jadid bobolarimizning
ilmiy, ijodiy merosini o‘quvchilar orasida keng targ‘ib qilish;
qatag‘onga
uchragan
ajdodlarimiz
istiqomat
qilgan
mahallalardagi
umumta’lim maktablarida xotira burchaklarini tashkil etish;
“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi hamda uning hududiy bo‘limlari
bilan birgalikda qatag‘on qurbolarning jasoratini, jadid bobolarimizning ilmiy merosini
o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirish;
shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari hamda
ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish so‘raladi.
Ilova: __ varaqda.
Vazir o‘rinbosari
D.Kenjayev
Ijrochi: F.Zaripov,
tel: (55) 503-74-00 (4021)
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: DO26745288
Dostları ilə paylaş: |