2023-yil "insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili munosabati bilan qo‘qon universitetida o‘tkaziladigan “TA’lim sifati yangi o‘zbekiston taraqqiyotini yanada



Yüklə 47,33 Kb.
tarix12.04.2023
ölçüsü47,33 Kb.
#96881
Axborot xati (10)



2023-YIL "INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM" YILI MUNOSABATI BILAN QO‘QON UNIVERSITETIDA O‘TKAZILADIGAN “TA’LIM SIFATI YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINI YANADA YUKSALTIRISHNING MUHIM OMILI” MAVZUSIDAGI YOSH OLIM VA TALABALAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASININING


AXBOROT XATI

Hozirgi kunda ta’lim va ilm-fanda innovatsiyalarni qo‘llash jamiyatning axborot sivilizasiyasiga o‘tishining zaruriy shartidir. Zamonaviy texnologiyalar va telekommunikasiyalar ilmiy tadqiqotlar hamda o‘quv jarayonini tashkil etishning mohiyatini o‘zgartirish, axborot-ta’lim muhitiga kirib borish, fan va ta’lim sifatini oshirish, tadqiqotchilar hamda talabalarni yangi ma’lumotlar va bilimlarni olishga undashga imkon beradi. Shu bois, Qo‘qon universitetida 2023 yil 15 may kuni “Ta’lim sifati Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili” mavzusidagi yosh olim va talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.




1. Konferensiyaning maqomi: Yosh olim va talabalar ilmiy-amaliy konferensiya.
2. Konferensiya sanasi: 2023 yil 15 may.
3. Konferensiyani o’tkazish vaqti: 10:00
4. O‘tkazish joyi: Qo’qon universiteti
5. Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha tashkil etiladi:
1-sho‘ba: Aniq va tabiiy fanlar ta`limida erishilgan yutuqlar va istiqbolli vazifalar.
2-sho‘ba: Barqaror rivojlanishni ta‘minlashda iqtisodiyot, menejment va moliyaviy sohalarning o‘rni.
3-sho‘ba: Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda inson qadri va barkamol avlod shakllanishida pedagogika, psixologiyaning o‘rni.
4-sho‘ba: Filologiya fanlarini o‘qitish orqali ta`lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlar.
5-sho‘ba: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va texnika istiqbollari.

Konferensiya tillari: o‘zbek, rus, ingliz




Konferensiyaning maqsadi: Yoshlarning jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi rolini kuchaytirish, innavatsion g‘oyalarni amalga oshirsh va takomillashtirish, shuningdek yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va rag‘batlantirish kabi ustivor vazifalarni amalga oshirish hamda mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirish, yoshlarimizning ma‘naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.
Qatnashish shartlari: Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar dolzarb muammolar yechimiga bag‘ishlangan yoki muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallarni nashr etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, tezis hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan va 5 betdan oshmagan bo‘lishi kerak. Konferensiya to‘plami barcha mualliflarga elektron shaklda yetkaziladi.
Matn A4 formatdagi oq qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3,0 sm va o‘ngdan 1,5 sm chegaralar qoldirib, joylashtiriladi va albatta elektron shaklda ham taqdim etiladi. Microsoft Word redaktorida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda (interval 1,5) rtf, docx formatda rasmiylashtiriladi. Barcha havolalar (snoskalar) tik qavs ichida [1] ilovada ko‘rsatilgan namuna asosida bo‘lishi kerak. Tezis oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
Bayon etilgan ma‘lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari bo‘yicha muallif mas’ul.
Material nomi bosh (katta) harflar bilan markazga yoziladi, kichik harflar bilan muallifning familiyasi, ismi-sharifi, o‘qish joyi ko‘rsatiladi. Maqolaning qisqacha annotatsiyasi va kalit so‘zlari (7-8 ta) bo‘lishi kerak.
Talabga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan materiallar chop etilmaydi.
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallar: 2023-yil 1 may sanasigacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha savollar va murojaat uchun: Ma‘lumot uchun:


@kuilmiybolim +998 93 630 41 48
Yüklə 47,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin