Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 4. Ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir
O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi
Prezident Mirziyoyevning aytishicha, yilga nom tanlash uchun aholidan tushgan «20 mingga yaqin taklif» muhokama qilingan. «Juda ko‘p o‘ylandik», dedi u. Davlat rahbari 2023 yilga berilgan nomni izohlarkan, Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirdi: «Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi».
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Toshkentdagi Kongress-xollda parlamentgaMurojaatnoma yo‘lladi. U o‘z chiqishida kelgusi 2023 yilgi «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi. Ushbu taklif yig‘ilish qatnashchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekistonda yillarga qanday nomlar berilgan?
2023 yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
2022 yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2020 yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2019 yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili