Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui.Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaFuqarolik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta’rif beradi: “Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir- birini to‘ldiradi va birbirini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”