Metodlari glossariy ishontirish tarbiya metodi sifatida,nimalarni amal qilish kerak



Yüklə 18,65 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü18,65 Kb.
#192693
Glossariy.


TARBIYA PSIXOLOGIYASI: MAQSADI, VOSITALARI VA METODLARI
GLOSSARIY
1. Ishontirish tarbiya metodi sifatida,nimalarni amal qilish kerak.
O‘quvchilar axloqini, dunyoqarashini shakllantirishda ishontirish asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Ishontirish asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Ishontirish orqali o‘qituvchi o‘quvchilarda har tomonlama kompleks tarbiyani amalga oshiradi. O‘qituvchi tomonidan, Prezidentimizning olib borayotgan tashqi va ichki siyosati-iqtisodiy rivojlanishining Respublikamizga xos tamoyillari, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yo‘llari tushuntirilganida o‘quvchilar, talabalar kelajakda respublikamiz hayotiga o‘zlarining shaxsiy ishtirokchiligini chuqur sezadilar va shunga yarasha bilim, ko‘nikmalarni egallashga harakat qiladilar.

2. Ijobiy shaxsiy namuna metodi sifatida,nimalarni amal qilish kerak.
Shaxsning rivojlanishida turli ta’sirlar, o‘quv jarayoni va boshqa vositalardan tashqarii tarbiyaning shaxsiy namunasi katta ahamiyatga ega. Bolalar balog‘at yoshiga yetib, mustaqil hayotni boshlagunlariga qadar ko‘pchilik sharoitlarda bilish, o‘rganish jarayonida asosan o‘quvchiga ota-ona, qo‘ni-qo‘shniga, doston, drama qahramonlariga taqlid qilishadi.
3. Mashq metodi sifatida,nimalarni amal qilish kerak.
Yaxshi, ijobiy odatlarga o‘rgatishda axloqiy ko‘nikmalarni hosil qilishda mashq metodining ahamiyati katta. Bunda o‘quvchi ma’lum bir faoliyat bo‘yicha biron-bir vaziyatda ayrim harakatlarni takroran bajaradi. Mashq harakatlarini takrorlash bo‘lib, axloqiy ko‘nikma, malaka va odat hosil qilish maqsadida o‘quvchilarning maxsus uyushtirgan faoliyatida.
4. Rag‘batlantirish va jazolash metodi sifatida,nimalarni amal qilish kerak.
Intizomlilikni shakllantirishning klassik metodlaridan biri rag‘batlantirish va jazolash metodi hisoblanadi.
Tarbiyadagi rag‘batlantish va jazolash metodi o‘quvchilardagi ijobiy hislatlarini rivojlantirishdagi ularning ijobiy fazilatlarini takomillashtirishda vosita bo‘lmog‘i lozim. Rag‘batlantirishning yozma, og‘zaki yoki imo-ishoraviy shakllari qo‘llaniladi. Imo-ishoralar bilan boshni qimirlatib, tabassum va yuz-qo‘l harakatlari bilan ma’qullash, “barakalla”, “ko‘p yasha”, “rahmat”, va hokazolar. Rag‘batlantirishning ya’na bir turi mukofotlashdilar.


5. Aqliy tarbiya.
.
Mustaqillik o‘quvchi shaxsining har tomonlama taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni vujudga keltiradi. O‘quvchilarni mustaqil Respublikamiz, Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash ishi dastlab fan asoslari bilan qurollantirish yo‘li bilan borishi lozim.


6. Estetik tarbiya.
Estetik tarbiya dunyoni bilishga san’at asarlarini o‘rganish orqali olib boriladi. San’at asarlarida kishilik jamiyatining g‘oyaviy katta tajribasi aks ettirilgan. Shuning uchun eng yaxshi san’at asarlaridan foydalanib, bolalarni, obrazlar orqali, fikrlarsh yo‘li bilan voqelikni tushuniga o‘rgatish, ularning emotsiyasga ta’sir qilish, istiqlol g‘oyasi, mafkurasini amalga oshirish uchun bo‘layotgan faol kurashga ularni rag‘batlantirish zarur. estetik tarbiya bolalarni san’atning biror tarmog‘idagi turli ijodiy ishlarni boshqarishga jalb etib, ularning his-tuyg‘ularini boyitib, xayolini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.


7. Mehnat tarbiya.
Mehnat kishining va kishilik jamiyatiningg eng zarur yashash shartidir. Mehnat va mehnat faoliyati bo‘lmaganda, odamning o‘zi ham bo‘lmagan bo‘lur edi, mehnat tarbiyasi vazifasiga kishini o‘z-o‘ziga xizmat qilishning birinchi ko‘nikmalari bolalikdan boshlanadi. Yuqorida qayd etilgan inson tarbiyasining tarkibiy qismlari darsda, darsdan tashqarii tadbirlarni amalga oshirish orqali bajariladi.
O‘smirlik yoshidan boshlab tarbyaining yangi omili o‘z-o‘zini tarbiyalash vujudga keladi. O‘quvchilar o‘zlarini ijtimoiy-qimmatga ega bo‘lgan shaxs hislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atvordagi kamchiliklarga salbiy hislat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlaydilar. Odam yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z-o‘zini kamol toptiruvchi birdan-bir tizimdir.


8. Tarbiya.
Tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo’lida tarbiyaviy ta`sir etish jarayonidir.


9. Jinsiy tarbiya.
Umuminsoniy tarbiyaning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri jinsiy tarbiya hisoblanadi. O‘smirlik davri insonni bolalikdan-yoshlikka va boshqa davrlarda o‘zining keskinroq, murakkabroq kechishi Bilan farq qiladi. Bu davr psixologik-pedagogik adabiyotlarda “o‘qitish davri”, “og‘ir davr”, “inqiroz davri” kabi iboralar bilan ataladi. Bu darvlarda o‘smirlarga nazoratni kuchaytirish kerak. Ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, shifokorlar tomonidan turli-tuman chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jinsiy tarbiya beriladi.


10. Metod.
(yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.

  • Do’smatov. S. 307-guruh

Yüklə 18,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin