Tasviriy faoliyat mashg'ulotlari jihozlariga qo'yilgan talablar
Reja: Turli yosh guruhlarda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
Tarbiyachining mashg‘ulotga tayyorlgarligi.
Turli guruhlarda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil qilish. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari - bu rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlaridir. Bu mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim muassasasining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda, kun tartibi asosida uyushtiriladi.
Kichik guruhda yilning boshida uncha katta bo‘lmagan guruhlar bilan, yilning ikkinchi yarmidan boshlab butun bir guruh bilan uyushtiriladi. Kichik guruhda mashg‘ulotlar yilning birinchi yarmida 5-7 minutdan asta-sekin 10-15 minutgacha cho‘zilib boriladi.
Kichik guruhda 15-20 minutgacha;
O‘rta guruhda 20-25 minutgacha;
Katta guruhda 30-35 minut;
Tayyorlov guruhda 30-35 o‘tkaziladi.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining muvaffaqiyatli uyushtirish, unga zarur bo‘lgan materiallarni o‘z vaqtida tayyorlashga ham bog‘liqdir.
Bu tayyorgarlik ishlari quyidagilardan iboratdir: Т arbiyachi rasm va applikatsiya mashg‘uloti uchun kerakli kattalikdagi va rangdagi qog‘oz varaqlarini tayyorlaydi (tasvirlanadigan predmetning tuzilishiga ko‘ra). Qog‘oz varag‘iga oldindan orqa tomoniga bolalarni ismi, familiyasi, mashg‘ulot o‘tkaziladigan sana yozib qo‘yiladi.
Tarbiyachi oldindan qalam uchlarini ochib qo‘yadi (albatta 4-5 qalam ortiqcha qilib tayyorlab qo‘yiladi).
Katta tayyorlov guruhlarida bolalar qo‘proq akvarel bo‘yog‘ini ishlatadilar. Oldindan bo‘yoqlar ho‘llangan bo‘lishi lozim. Mo‘yqalamlar yaxshilab yuviladi.
Mashg‘ulot uchun lattalar, idishchalarni tayyorlash zarur. Suv bankalarga mashg‘ulot boshlanish arafasida quyiladi.
Applikatsiya uchun rangli qog‘oz yig‘masi tayyorlanadi (ortiqcha miqdorda).
Yelimster (undan tayyorlanadi), yoki yelim.
Loy ishi mashg‘ulotlari haftada bir marotaba tayyorlanadi, polietilen plyonkalarda saqlanadi. Tarbiyachi har bir bola uchun loy parchasini qo‘yish uchun taxtachalar, katta tayyorlov guruhlari uchun ko‘rgazmalar, harakatlanuvchi taxtachalar tayyorlaydi, ho‘l yoki nam lattalar berilishi kerak.
Plastin ham rangi bo‘yicha tayyorlanib, rangdor mayda qismlarni yasash jarayonida beriladi. Ko‘proq katta guruhlarda beriladi, oldindan issiqda yumshatib qo‘yiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ko‘rgazmali materiallar bo‘lishi lozim. Masalan: predmetlar o‘yinchoqlar, illyustratsiyalar, xalq amaliy dekorativ san’at namunalari.
Har bir guruhda bolalar ishining tahlili uchun ko‘rgazmalar bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan materiallarning har biri aniq, bir joyda, faoliyat turlariga qarab saqlanishi kerak, navbatchilar bunda ularni mashg‘ulot uchun tayyorlay olishlari lozim.
O‘rta guruhdan boshlab bolalar ham tarbiyachi bilan birgalikda mashg‘ulotga tayyorlanib, navbatchilikka jalb qilinadi.
H аr bir guruhda, har bir bola yoki navbatchilar vazifalarni tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi.