205-guruh tasviriy faoliyat mashg'ulotlari jihozlariga qo'yilgan talablar



Yüklə 27,37 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü27,37 Kb.
#198948
1   2   3
Tasviriy faoliyat mashg\'ulotlari jihozlariga qo\'yilgan talablar

Kichik guruhda. Tarbiyachi guruhda bolalarni mashg‘ulotdan keyin o‘z joyini tartibga solishga, ya’ni qolgan loyni, mo‘yqalamni, salfetkani, qalamni tarbiyachiga berishga o‘rganadilar. Yilning boshida tarbiyachining o‘zi materiallarni tayyorlaydi, so‘ng alohida bolalarni materiallar tayyorlashga jalb etadi. Bu navbatchilik emas, balki ba’zi bolalar uchun topshiriqlar berish hisoblanadi. (yil davomida tarbiyachi hamma bolalarni mehnat topshiriqlarini bajarishga jalb etishi lozim). Mashg‘ulotdan so‘ng bolalar, har bir o‘z stollaridagi narsalarni oldin umumiy stolga olib kelishga o‘rganadilar, so‘ng tarbiyachi o‘z yordamchilari bilan mo‘yqalamlarini yuvadi, salfetkalarni yig‘ib oladi.
O’rta guruhda. O‘rta guruhda ham yilning boshida xuddi kichik guruh kabi topshiriqlar beriladi. Yilning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarni navbatchilikka jalb etadi. Ular bankalarga suv qo‘yadilar, bo‘yoqlarni qo‘yib chiqadilar va boshqalar. Mashg‘ulotdan so‘ng bo‘yoqlarni joyiga olib borib, suv v а mo‘yqalamlarni yuvib, joyiga qo‘yadilar.
Katta guruhda. Katta guruhdagi navbatchilar stol va stullarning qay tarzda turishini nazorat qilib, mashg‘ulotdan so‘ng stollar ustini artib chiqadilar, ular loy, bo‘yoqni, mo‘yqalamlarni stol ustiga qo‘yib chiqadilar. Yelim ham qo‘yib chiqadilar.
Taxtachalarni yig‘ib, bankachalarni yuvib joyiga qo‘yadilar, qaychilarni tarqatib, mashg‘ulotdan so‘ng yig‘ib chiqadilar.
Tayyorlov guruhida. Bu guruhda navbatchilikka katta mustaqillik beriladi. Tarbiyachi bolalarga, navbatchilarga mashg‘ulot uchun nimalar kerak bo‘lishini aytadi, navbatchilar ularni tayyorlaydi.
Tarbiyachining mashg‘ulotga tayyorgarligi.
Mashg‘ulotni boshlashdan avval, tarbiyachi albatta o‘zi tanlagan natura, o‘yinchoq, illyustratsiya va o‘zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg‘ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yil va vositalarini aniqlab olish va qay bir murakkab qismi ustida ko‘proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham shu yerga ko‘proq tortish imkonini beradi. Mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyotlarga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo‘llash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg‘ulotni tashkil etishga tayyor bo‘lgach, bolalarni o‘yin faoliyatidan asta ta’limiy faoliyatga ko‘chirib o‘tadi. Mashg‘ulotni tashkil etish davri bir ikki daqiqani tashkil etadi. Bu qism mashg‘ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin.
Masalan: bolalarni tasvirlashlari kerak bo‘ladigan predmet yoki illyustratsiyalarni ko‘rishni, kichkintoylarga esa, o‘sha narsa bilan o‘ynashi, qo‘li bilan tegishi mumkin bo‘ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin asta, shovqinsiz, stol atrofiga o‘tirishga o‘rgatiladi. Mashg‘ulotning turiga va mazmuniga qarab, bolalar turlicha o‘tqazilishi mumkin. Masalan: kichik guruhda yarim oysimon shaklda o‘tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko‘radi va yordam ko‘rsatish maqsadida har birining oldiga borishi mumkin.

Yüklə 27,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin