209
sporosista, oxirgisi zoospora hisoblanadi.Zoospora ko’p bo’lishi mumkin. Hamma
ko’p hujayralilarda bir hujayrali (tuxum) va ko’p hujayrali bosqichlari bo’ladi.
Sodda hayvonlarda ko’p hujayrali koloniya bosqichi palintomiya yo’li bilan hosil
bo’ladi.A.A.
Zaxvatkin fikricha, sodda hayvonlarda palintomiya yo’li bilan
bo’linishni ko’p hujayralilardagi maydalanish bilan qiyoslash mumkin.
Shunday qilib, A.A.Zaxvatkin tuban ko’p hujayralilar bilan sodda hayvonlarning
hayotiy sikli o’rtasidagi filogenetik aloqani aniqlashga muvaffaq bo’ldi.
I. Xadji (1944) nazariyasiga ko’ra, ko’p hujayralilar bir hujayralilarning eng yuksak
darajada tuzilgan vakillari – infuzoriyalardan kelib chiqqan. Infuzoriyada sitoplazma
ekto-
va endoplazmadan iborat, ikki xil yadrosi bor, pellikulasida mionema va
trixosisitlar bor, qisqaruvchi
va ayiruv vakuolalari, ovqat hazm qilish jarayonlari
murakkablashgan.
Xadji infuzoriyalar bilan bilan turbellyariyalar tashqi tuzilishini solishtirib, ular
o’rtasida o’xshashliklar borligini aniqlagan.
Uning fikricha, infuzoriyada
konyugatsiya jarayoni davrida (makronukeus hosil bo’lguncha) hayvonlarning
ikkita evolutsion yo’nalishi paydo bo’lgan :
biri infuzoriyalar, ikkinchisi
turbellyariyalar.
Bir hujayralilar yadrosining ko’p marta (shizogoniya) bo’linishi tufayli yadroning
atrofini sitoplazma o’rab olgan va hosil bo’lgan hujayralar
bir-biridan ajralib
ketmasdan ko’p hujayrali organism paydo bo’lgan. Masalan, opalinalar,
knidosporidiyalar, microsporidiyalar,
infuzoriyalar, sporalilar ko’payishi davrida
shunday holat sodir bo’lgan bo’lishi mumkin.
Xadjining fikricha, ko’p hujayralilarning tuban
vakillari kovakichlilar emas, balki
turbellyariyalar bo’lib, yassi chuvalchanglarning o’troq holda hayot kechiradigan
vakillaridan kovakichlilar kelib chiqqan.Chunki kovakichlilar 2 qavatli emas, balki
3 qavatli hayvonlar bo’lib, mezogliya qavatida ayrim hujayralar topilgan.
Infuoriyalar va turbellyariyalarning gavdasi kipriklar bilan qoplanganligi ularning
qon-qarindosh ekanligidan dalolat beradi.